Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/08 19:00 So‘g‘diyona 2-1 Qizilqum
18/08 20:00 Buxoro 4-1 Neftchi
19/08 19:00 OKMK - Dinamo
19/08 20:00 Mash’al - Andijon
20/08 19:00 Bunyodkor - Qo‘qon-1912
20/08 20:00 Xorazm - Lokomotiv

Yildiz Ronaldu va del Pyeroning natijasini takrorladi

Yildiz Ronaldu va del Pyeroning natijasini takrorladi

Baho:
+ | -

Kenan Yildiz "Yuventus"ning "Napoli" darvozasiga kiritgan uchta golidan biriga mualliflik qildi. Uchrashuv Luchano Spalletti jamoasining yirik 3:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

Opta xabariga ko‘ra, 20 yoshli turk "Yuventus" safida A Seriyaning "Napoli"ga qarshi har ikki davra o‘yinida (g‘alaba uchun uch ochko berilgan vaqtda) gol urgan beshinchi futbolchi bo‘ldi.

Bungacha Krishtianu Ronaldu (2019/20), Alessandro Del Pyero (2000/01), Darko Kovachevich (2000/01) va Fabrisio Ravanelli (1994/95) shunday qilgan.

Joriy mavsumda Italiya chempionatida Kenan Yildiz hisobida jami sakkizta gol bor, shuningdek, hujumchi jamoadoshlariga to‘rtta golli uzatmani amalga oshirgan.

Kiritildi: 08:19, 26.01.2026.
O'qildi: 609 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик