UFC'ning yengil vazn toifasidagi uch karra chempionlik unvoniga da’vogar amerikalik Dastin Porye o‘z faoliyatini amerikalik hamyurti Jastin Getji bilan uchinchi jang uchun davom ettirishga tayyorligini bildirdi.
"Men bu jang uchun qaytib kelaman", deb yozdi Porye ijtimoiy tarmoqlarda.
Porye va Getji o‘rtasidagi birinchi jang 2018-yil aprel oyida UFC on FOX 29'da bo‘lib o‘tdi va Poryening to‘rtinchi raundda texnik nokaut bilan g‘alaba qozonishi bilan yakunlandi. Revansh jangi 2023-yil iyul oyida UFC 291'da bo‘lib o‘tdi va unda Getji ikkinchi raundda nokaut bilan g‘alaba qozondi.













