Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/01 00:45 Roma 1-1 Milan
26/01 01:00 Alaves 2-1 Betis
27/01 00:45 Verona - Udineze
27/01 01:00 Jirona - Xetafe
27/01 01:00 Everton - Lids

Behruz Karimov: «Bugungi o‘yin juda katta taassurot qoldirdi»

Behruz Karimov: «Bugungi o‘yin juda katta taassurot qoldirdi»

Baho:
+ | -

O‘zbekiston milliy jamoa safida Xitoyga qarshi o‘tkazilgan bugungi uchrashuvda gol kiritgan futbolchilarimiz Behruz Karimov hamda Javohir Husanov o‘yindan keyin o‘z fikrlarini bildirib o‘tishdi.

"Bugungi o‘yin ajoyib o‘tdi. U menda juda katta taassurot qoldirdi. Bugun xarakter ko‘rsatib, o‘yinni yaxshi natija bilan yakunladik. Bu milliy jamoa safidagi ilk golimni urdim. Bundan albatta xursandman. Ushbu yig‘inda o‘zimni yaxshi tomondan ko‘rsatib, kelajakda milliy jamoaning eng yaxshi o‘yinchilaridan biri bo‘lishni maqsad qilganman.

Milliy jamoa futbolchilari bilan tez chiqishib ketdim. Ularning barchasini yaxshi taniyman. Keyingi bahsda tarkibda rotasiya bo‘lishi mumkin", — dedi Behruz Karimov.

"Ikkala jamoa ham bugun yaxshi harakat qildi. Birinchi yig‘inda tashkil etilgan ilk o‘yinda maydonga tushib, gol urish, albatta, bu zavqli. Keyingi bahsda ham maksimal harakat qilib, milliy jamoaga yordam berishga intilamiz" — dedi Javohir Husanov.

Manba: https://t.me/FAUzbekistan
Kiritildi: 23:00, 26.01.2026.
O'qildi: 388 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.