Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/03 00:45 Lasio 1-0 Milan
16/03 01:00 Real Sosyedad 3-1 Osasuna
17/03 00:45 Cremonese 1-4 Fiorentina
17/03 01:00 Brentford 2-2 Vulverhempton
17/03 01:00 Rayo Valyekano 1-1 Levante
18/03 19:15 Qo‘qon-1912 - Navbahor
18/03 19:15 Xorazm - Bunyodkor
18/03 20:00 Qizilqum - OKMK

"Tuluza" Kressuellni sotmoqchi emas

"Tuluza" Kressuellni sotmoqchi emas

Baho:
+ | -

Fransiyaning "Tuluza" klubi angliyalik himoyachi Charli Kressuellni sotish bo‘yicha 2 ta taklifni rad etdi. Bu haqda jurnalist Fabrisio Romano o‘z ijtimoiy tarmoqlarida ma’lum qildi.

Manbaga ko‘ra, "Tuluza" futbolchini Angliyaning "Brayton" klubiga 24 million yevroga, Germaniyaning "Volfsburg" klubiga esa 25 million yevroga sotishga rozi bo‘lmagan. APLning yana bir klubi "Kristal Pelas" futbolchining narxi bo‘yicha so‘rov yubordi, ammo "Tuluza" klub Kressuellni yozgacha o‘z safida saqlab qolmoqchi ekanini aytdi.

Joriy mavsumda 23 yoshli futbolchi klublar miqyosida 20 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi, 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi va 5 ta sariq kartochka oldi.

Kiritildi: 22:27, 27.01.2026.
O'qildi: 590 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.