Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/02 00:45 Kalyari 0-2 Lechche
17/02 01:00 Jirona 2-1 Barselona
17/02 15:00 Seul 2-2 Sanfrechche Xirosima
17/02 15:00 Matida Zelviya 3-2 Chengdu Rongcheng
17/02 17:15 Buriram Yunayted 2-0 Shanghai Shenhua
17/02 17:15 Johor Dorul Ta'zim 1-0 Vissel Kobe
17/02 21:00 As-Sadd 1-4 Al-Ittihod
17/02 21:00 Al-G‘arafa 0-2 Traktor
17/02 22:45 Galatasaroy 5-2 Yuventus
18/02 01:00 Benfika 0-1 Real Madrid
18/02 01:00 Monako 2-3 PSJ
18/02 01:00 Borussiya D 2-0 Atalanta

Ruminiyada “PAOK” klubi muxlislari ishtirokida daxshatli YTH sodir bo‘ldi (video)

Ruminiyada “PAOK” klubi muxlislari ishtirokida daxshatli YTH sodir bo‘ldi (video)

Baho:
+ | -

Ruminiyada Gresiyaning “PAOK” klubining 10 nafar muxlisi ketayotgan mikroavtobus yuk mashinasi bilan to‘qnashib ketdi. Oqibatda yetti nafar muxlis halok bo‘lgan, yana uch kishi jarohat olgan. Bu haqda Skai telekanali xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, mikroavtobus Gresiyadan Fransiyaga, Yevropa Ligasining 8-turidan o‘rin olgan “Lion” — “PAOK” uchrashuviga yo‘l olgan bo‘lgan. Yo‘l-transport hodisasi kunduzgi paytda DN6 — E70 avtomagistralida sodir bo‘lgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, mikroavtobus quvib o‘tish manevrini amalga oshirishga uringan, biroq o‘z yo‘lagiga qaytishga ulgurmay, qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanayotgan, ichida spirt bo‘lgan yuk mashinasi bilan to‘qnashgan. Kuchli zarba oqibatida mikroavtobus yo‘l chetiga chiqib ketgan.

Qayd etilishicha, hodisadan so‘ng Gresiya Tashqi ishlar vazirligi zudlik bilan Buxarestdagi Gresiya elchixonasi va konsullik bo‘limiga tegishli topshiriqlar bergan. Elchixona vakillaridan iborat maxsus guruh voqea joyiga hamda jabrlanganlar yetkazilgan shifoxonalarga yuborilgan. Hozirda jarohat olganlarga tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda, voqea yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 08:23, 28.01.2026.
O'qildi: 1348 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.