Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/05 00:00 Levante 3-2 Osasuna
09/05 16:30 Liverpul 1-1 Chelsi
09/05 17:00 Elche 1-1 Alaves
09/05 18:00 Kalyari 0-2 Udineze
09/05 19:00 Fulhem 0-1 Bornmut
09/05 19:00 Brayton 3-0 Vulverhempton
09/05 19:00 Sanderlend 0-0 Man. Yunayted
09/05 19:15 Sevilya 2-1 Espanyol
09/05 21:00 Lasio 0-3 Inter
09/05 21:30 Manchester Siti 3-0 Brentford
09/05 21:30 Atletiko 0-1 Selta
09/05 23:45 Lechche 0-1 Yuventus
10/05 00:00 Real Sosyedad 2-2 Betis
10/05 15:30 Verona 0-1 Komo
10/05 17:00 Malyorka 1-1 Vilyarreal
10/05 18:00 Byornli 2-2 Aston Villa
10/05 18:00 Nottingem Forest 1-1 Nyukasl
10/05 18:00 Kristal Pelas 2-2 Everton
10/05 18:00 Cremonese 3-0 Piza
10/05 18:00 Fiorentina 0-0 Jenoa
10/05 19:15 Atletik Bilbao 0-1 Valensiya
10/05 20:30 Vest Xem 0-1 Arsenal
10/05 21:00 Parma 2-3 Roma
10/05 21:30 Real Ovyedo - Xetafe
10/05 23:45 Milan - Atalanta
11/05 00:00 Barselona - Real Madrid
11/05 23:45 Napoli - Bolonya
12/05 00:00 Tottenhem - Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano - Jirona

“U mening bolalarimdan biri” — Mourinyo Arbeloaning “Real” bosh murabbiyi bo‘lib tayinlanishiga munosabat bildirdi

“U mening bolalarimdan biri” — Mourinyo Arbeloaning “Real” bosh murabbiyi bo‘lib tayinlanishiga munosabat bildirdi

Baho:
+ | -

“Benfika” bosh murabbiyi Joze Mourinyo Alvaro Arbeloa Madridning “Real” klubiga bosh murabbiy etib tayinlangani yuzasidan fikrlarini bildirdi. Mutaxassis bu haqda Chempionlar Ligasi 8-turidan o‘rin olgan “Benfika” — “Real” uchrashuvi (28 yanvar) arafasida gapirdi.

“U mening bolalarimdan biri, sobiq shogirdim. Arbeloa mening eng sevimli futbolchilarimdan biri bo‘lgan. U ‘Real’da to‘p surgan eng yaxshi insonlardan edi. Uni bosim ostiga olish deyarli imkonsiz. Alvaro o‘z ishiga aql bilan yondashadi. Umid qilamanki, u o‘zi o‘ylagan rejalarini amalga oshira oladi. Menimcha, Alvaro dunyoning istalgan jamoasini boshqara oladi. Men unga omad tilayman. Faqat ertangi kun bundan mustasno. Shundan keyin esa doim g‘alaba qozonishini tilayman.

Murabbiy bo‘lish juda murakkab ish, chunki har doim sendan ko‘ra ko‘proq bilaman, deb o‘ylaydiganlar topiladi. Alvaroning safari endi boshlanmoqda. Unga bu yo‘lda omad tilayman, deydi Mourinyo.​

Ma’lumot o‘rnida, Alvaro Arbeloa 2010–2013 yillar oralig‘ida “Real” safida Joze Mourinyo qo‘l ostida to‘p surgan. Ushbu davrda madridliklar Ispaniya chempionati, Qirol kubogi va Ispaniya Superkubogini qo‘lga kiritgan.

Eslatib o‘tamiz, Arbeloa yaqinda “Real” bosh murabbiyi etib tayinlandi. Mutaxassis bunga qadar o‘rinbosarlar jamoasi — “Kastilya”da ishlab kelayotgan edi. U hozirga qadar klub ustozi sifatida 4 ta uchrashuv o‘tkazib, 3 ta g‘alaba va 1 mag‘lubiyat qayd etgan.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 11:54, 28.01.2026.
O'qildi: 1778 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик