"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola futbolchilar bilan ishlash haqida gapirdi.
Ispaniyalik mutaxassis so‘nggi paytlarda ko‘plab zamonaviy murabbiylar kabi futbolchilar bilan yetarlicha tez-tez suhbatlashmayotganini aytdi.
"Yangi avlod murabbiylari ko‘proq videolar bilan ishlashga ixtisoslashgan, biz odamlar bilan ishlamaymiz. Men so‘nggi uch yil davomida o‘yinchilar bilan muloqot qilmayapman. Ular bilan suhbatlashmayman," - deya Gvardiolaning so‘zlarini City Report keltirmoqda.













