Kirish Ro'yxatdan o'tish

Dyumfris qachon safga qaytishi ma’lum bo‘ldi

Dyumfris qachon safga qaytishi ma’lum bo‘ldi

Baho:
+ | -

Milanning "Inter" klubi himoyachisi Denzel Dyumfrisning qaytish muddati haqida ma’lumot paydo bo‘ldi.

Jurnalist Paskuale Guarro xabariga ko‘ra, Dyumfris ikki hafta davomida umumiy guruh mashg‘ulotlariga qo‘shilishi kerak. Qayd etilishicha, futbolchi 22 fevral kuni bo‘lib o‘tadigan "Lechche"ga qarshi o‘yingacha safga qaytishi mumkin. Dyumfris "Yuventus"ga qarshi o‘yin qaydnomasiga kiritilishi ehtimoli bor (15 fevral), ammo uning maydonga tushishi dargumon.

Joriy mavsumda 28 yoshli Dyumfris barcha musobaqalarda 15 ta uchrashuvda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 14:37, 28.01.2026.
O'qildi: 591 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик