Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/03 00:45 Lasio 2-1 Sassuolo
10/03 01:00 Espanyol 1-1 Real Ovyedo
10/03 19:00 Neftchi 3-0 Andijon
10/03 19:45 Mash’al 0-2 Qizilqum
10/03 20:30 Paxtakor 0-2 Navbahor
10/03 22:45 Galatasaroy 1-0 Liverpul
11/03 01:00 Atalanta 1-6 Bavariya
11/03 01:00 Atletiko 5-2 Tottenhem
11/03 01:00 Nyukasl 1-1 Barselona
11/03 16:30 Surxon 0-0 Bunyodkor
11/03 19:30 Lokomotiv 0-0 Qo‘qon-1912
11/03 19:45 Buxoro 1-1 Xorazm
11/03 22:45 Bayer - Arsenal
12/03 01:00 Bude-Glimt - Sporting
12/03 01:00 PSJ - Chelsi
12/03 01:00 Real Madrid - Manchester Siti
12/03 19:30 OKMK - So‘g‘diyona
12/03 19:45 Dinamo - Nasaf

Aus Open. Novak Jokovich raqibining jarohati sabab yarim finalga yo‘l oldi

Aus Open. Novak Jokovich raqibining jarohati sabab yarim finalga yo‘l oldi

Baho:
+ | -

Tennis bo‘yicha “Katta dubulg‘a” turnirlarining 24 karra g‘olibi Novak Jokovich Avstraliya ochiq chempionatining chorak finalida italiyalik Lorenso Musettiga qarshi bahs olib bordi va yarim finalga yo‘l oldi. Musobaqa Melburn shahrida bo‘lib o‘tmoqda.

Uchrashuvning dastlabki ikki setida Musetti 6:4, 6:3 hisobida ustun keldi. Uchinchi setda Jokovich 3:1 hisobida g‘alaba qozonayotgan vaqtda italiyalik tennischi jarohat sababli bahsni davom ettira olmasligini ma’lum qildi. Shu sababli Novak Jokovich yarim finalga yo‘l oldi.

Chorak finalning so‘ngi uchrashuvida turnirning amaldagi g‘olibi — italiyalik Yannik Sinner amerikalik Ben Sheltonga qarshi kortga chiqdi va 6:3, 6:4, 6:4 hisobida ustun keldi. Novak Jokovich va Yannik Sinner o‘rtasidagi uchrashuv 30 yanvar kuni Melburn shahridagi “Rod Leyver” arenasida bo‘lib o‘tadi.

Shu tariqa, ATP reytingida dastlabki 4 o‘rinni band etgan tennischilar 2026-yilning ilk “Katta dubulg‘a” turnirida yarim finalga yetib keldi.

Yarim final juftliklari:

Karlos Alkaras (Ispaniya, 1) — Aleksandr Zverev (Germaniya, 3)
Yannik Sinner (Italiya, 2) — Novak Jokovich (Serbiya, 4)

Ma’lumot uchun, Jokovich Avstraliya ochiq chempionatlarining 10 karra g‘olibi, Yannik Sinner esa amaldagi chempion, Aleksandr Zverev 2025 yilgi turnirning finalchisi, Karlos Alkaras esa ATP reytingi yetakchisi hisoblanadi.

Australian Open mavsumdagi ilk “Katta dubulg‘a” turniri bo‘lib, qattiq qoplamali kortlarda o‘tkaziladi. Musobaqa 1 fevral kuni yakunlanadi. Chempionatning umumiy mukofot jamg‘armasi 75 million AQSH dollarini tashkil etadi; g‘olib tennischi esa 2,770 million AQSH dollari va 2000 reyting ochkosi bilan taqdirlanadi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 20:47, 28.01.2026.
O'qildi: 817 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.