Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/05 00:00 Tottenhem 1-1 Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano 1-1 Jirona
12/05 22:00 Selta 2-3 Levante
12/05 23:00 Betis 2-1 Elche
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol - Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal - Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves - Barselona
14/05 00:30 Xetafe - Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad

De Dzerbi: "O‘yinni nol tezlikda boshladik"

De Dzerbi: "O‘yinni nol tezlikda boshladik"

Baho:
+ | -

Fransiyaning "Marsel" klubi bosh murabbiyi Roberto De Dzerbi shogirdlari Chempionlar ligasini tark etgach, o‘z fikrini bildirib o‘tdi. Jamoa musobaqaning umumiy bosqich so‘nggi turida Belgiyaning "Bryugge" jamoasiga 0:3 hisobida imkoniyatni boy berdi.

"Mag‘lubiyat haqqoniy. "Bryugge" futbolchilari kuchli boshlashini bilardik, ularni o‘rgandik. Ammo o‘yinni nol tezlikda boshladik va ikki marta gol o‘tkazib yubordik. Bizda vaziyatlar bo‘ldi, ammo ulardan foydalana olmadik", - deya murabbiyning so‘zlarini keltiradi France 24.

"Benfika" Madridning "Real" klubiga qarshi o‘yinning 98-daqiqasida gol urib, "Marsel"ni 24-pog‘onadan 25-o‘ringa tushirib yubordi.

"Biz kiyinish xonasida bo‘lgan paytimizda pley-off yo‘llanmasi yo‘qotildi. Bo‘lib o‘tgan voqea mavsumning qolgan qismiga ta’sir qiladimi? Men nima bo‘lishini va bu keyingi o‘yinlarimizda aks etadimi yoki yo‘q, bilmayman. Ammo bu barchamiz uchun juda muvaffaqiyatsiz o‘yin. Barqarorlikning yo‘qligi doimiy muammo. Bu mening vazifam."

Kiritildi: 16:52, 29.01.2026.
O'qildi: 747 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик