Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/02 01:00 Olimpiakos 0-2 Bayer
19/02 01:00 Bryugge 3-3 Atletiko
19/02 01:00 Bude-Glimt 3-1 Inter

Alvaro Arbeloa: «Darvozabon bizning jamoaga gol urayotgani ilk bor emas»

Alvaro Arbeloa: «Darvozabon bizning jamoaga gol urayotgani ilk bor emas»

Baho:
+ | -

Madridning «Real» jamoasi bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa Chempionlar ligasining umumiy bosqichi 8-turida Lissabonda «Benfika»dan uchralgan mag‘lubiyat (2:4) va portugaliyaliklar darvozaboni Anatoliy Trubin urgan gol haqida fikr bildirdi.

«Men uchun darvozabon bizning jamoaga gol urayotgan ilk holat emas. Albatta, ular tavakkal qilishga majbur bo‘lishdi. Biz ikki nafar futbolchisiz qolgan holda o‘ynadik va shu bilan birga kuchli sakkizlikka kirish uchun bizga ham gol kerak edi. Ular tavakkal qildi, biz ham tavakkal qildik, ammo yakunda g‘alaba ular tomonida bo‘ldi», — deya Arbeloaning so‘zlarini «Real» matbuot xizmati keltiradi.

Madridning «Real» jamoasi Lissabonda «Benfika»ga 2:4 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Uchrashuv oxirida, hisob 2:3 bo‘lib turgan paytda, «qaymoqranglilar» qisqa vaqt ichida ikki nafar futbolchisidan ayrildi. 90+8-daqiqada esa madridliklar «Benfika» darvozaboni Anatoliy Trubin tomonidan kiritilgan to‘rtinchi golni o‘tkazib yubordi.

Ushbu mag‘lubiyat «Real»ni to‘g‘ridan-to‘g‘ri 1/8 finalga chiqish hududidan chiqarib yubordi — jamoa umumiy jadvalda 9-o‘rinni egallab, pley-off saralash uchrashuvlari zonasida qoldi. «Benfika» esa Trubinning goli tufayli to‘plar farqi bo‘yicha «Marsel»ni ortda qoldirib, saralash uchrashuvlariga chiqish uchun minimal hisoblangan 24-o‘rinni egalladi.

Manba: championat.com
Kiritildi: 08:35, 30.01.2026.
O'qildi: 3926 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.