Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/04 18:30 So‘g‘diyona 2-2 Qo‘qon-1912
02/04 19:00 Bunyodkor 2-0 Lokomotiv
03/04 18:00 Xorazm - Dinamo
03/04 19:00 Navbahor - Mash’al
03/04 20:15 Nasaf - Andijon
04/04 00:00 Rayo Valyekano - Elche

Turkiyaga yana bir yulduz futbolchi kelishi mumkin

Turkiyaga yana bir yulduz futbolchi kelishi mumkin

Baho:
+ | -

Turkiyaning «Fenerbaxche» klubi va Italiyaning «Atalanta» jamoasi o‘rtasida Ademola Lukman transferi bo‘yicha to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar Italiyada bo‘lib o‘tadi. Bu haqda insayder Fabrisio Romano ijtimoiy tarmoqlarda xabar qildi.

Shuningdek, «Fenerbaxche» futbolchining o‘zi bilan shaxsiy shartnoma shartlari bo‘yicha ham muzokara olib boradi. Qayd etilishicha, klub hujumchi bilan bitimni amalga oshirish uchun katta sa’y-harakat qiladi.

28 yoshli nigeriyalik futbolchi yaqinda bo‘lib o‘tgan Afrika millatlar kubogida bronza medallariga sazovor bo‘lgan. Klub miqyosida joriy mavsumda u 19 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 2 ta golli uzatma berdi. Transfermarkt portali Lukmanning transfer qiymatini 35 million yevro deb baholamoqda.

Kiritildi: 08:37, 30.01.2026.
O'qildi: 742 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик