O‘zbek futbolida 2025 yilning eng yaxshilari taqdirlandi.
"Eng yaxshi hududiy futbol assosiasiya"
Qoraqalpog‘iston futbol assosiasiyasi "Eng yaxshi hududiy futbol assosiasiyasi" sifatida e’tirof etildi.
Diyoraxon Habibullayev — "Ayollar Oliy ligasi to‘purari".
Joriy mavsumda ayollar chempionatida 31 ta gol urib, eng yaxshi to‘purar bo‘lgan "Sevinch" jamoasi futbolchisi Diyoraxon Habibullayevga sovrin topshirildi.
Sadriddin Hasanov — "Yilning eng yaxshi yosh futbolchisi".
2025 yilda O‘zbekiston U-17 terma jamoasi bilan Osiyo kubogini qo‘lga kiritgan, musobaqaning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan hamda U-17 Jahon chempionatida munosib ishtirok etgan Sadriddin Hasanov "Yilning eng yaxshi yosh futbolchisi" deb e’tirof etildi.
Vladislav Xan — "Ayollar futboli bo‘yicha yilning eng yaxshi murabbiyi".
"Sevinch" jamoasi bilan joriy mavsumda chempionat g‘olibligini qo‘lga kiritgan hamda Chempionlar ligasida munosib ishtirok etayotgan Vladislav Xan "Ayollar futboli bo‘yicha yilning eng yaxshi murabbiyi" deb e’tirof etildi.
Nilufar Qudratova — "Ayollar Oliy ligasining eng yaxshi futbolchisi".
"Sevinch" klubi yetakchi futbolchisi Nilufar Qudratova "Ayollar Oliy ligasining eng yaxshi futbolchisi" sifatida e’tirof etildi.
Timur Kapadze — "Yilning eng yaxshi murabbiyi".
Ilk bor O‘zbekiston milliy terma jamoasi bilan Jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritib, tarixiy natijaga erishgan Timur Kapadze "Yilning eng yaxshi murabbiyi" deb e’tirof etildi.
Yusuf Ergashev — "Bolalar futboli bo‘yicha yilning eng yaxshi murabbiyi".
O‘FA birinchiligi, viloyat terma jamoalari o‘rtasidagi musobaqa g‘olibi, o‘smirlar terma jamoalariga 8 nafar futbolchini yetkazib bergan "Bunyodkor" akademiyasi murabbiyi Yusuf Ergashev "Bolalar futboli bo‘yicha yilning eng yaxshi murabbiyi" sovrini bilan taqdirlandi.
Nasibabonu Toshmuhammedova — "Yilning eng yaxshi ayol hakami".
Superliganing 2025-yilgi mavsumida ilk bor bosh hakam sifatida faoliyat olib borgan hamda xalqaro musobaqalarda o‘yinlarni boshqargan Nasibabonu Toshmuhammedova "Yilning eng yaxshi ayol hakami" deb topildi.
Ilgiz Tantashev — "Yilning eng yaxshi hakami".
Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatida muhim uchrashuvlarni boshqargan, xalqaro musobaqalarda faoliyat olib borgan hamda 2026 yilda AQSH, Kanada va Meksikada bo‘lib o‘tadigan Jahon chempionati o‘yinlariga nomzod sifatida qayd etilgan Ilgiz Tantashev "Yilning eng yaxshi hakami" sifatida e’tirof etildi.
Diyora Habibullayeva — "Yilning eng yaxshi ayol futbolchisi".
O‘zbekiston ayollar milliy terma jamoasi yetakchisi Diyora Habibullayeva "Yilning eng yaxshi ayol futbolchisi" deb topildi.
Eldor Shomurodov — "Yilning eng yaxshi futbolchisi".
O‘zbekiston milliy terma jamoasi bilan birgalikda ilk bor Jahon chempionatiga yo‘l olgan hamda "Istanbul Bashakshehir" jamoasi safida muvaffaqiyatli o‘yinlar namoyish etgan Eldor Shomurodov "Yilning eng yaxshi futbolchisi" deb topildi.













