Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Real" Arbeloaga keyingi mavsumda ishonishni rejalashtirmayapti

"Real" Arbeloaga keyingi mavsumda ishonishni rejalashtirmayapti

Baho:
+ | -
Bo'lim:
Rukn: Yangiliklar

Alvaro Arbeloaning "Real" bosh murabbiyligidagi kelajagi haqida yangi ma’lumotlar paydo bo‘ldi.

Jurnalist Mario Kortegananing yozishicha, "Real"da hech kim uzoq muddatli istiqbolda Arbeloaga umid qilmayapti. Manbaga ko‘ra, mavsum yakunlangach, klub yangi mutaxassisni tayinlashi deyarli aniq.

Eslatib o‘tamiz, Arbeloa Ispaniya Superkubogi finalida "Barselona"ga (2:3) yutqazgan Xabi Alonso iste’foga chiqarilgach, "Real"ni qabul qilib olgandi.

Ispaniya La Ligasida "Real" 51 ochko bilan musobaqa jadvalida 2-o‘rinda bormoqda. "Qaymoqranglilar"ning peshqadam "Barselona"dan ortda qolishi 1 ochkoni tashkil etmoqda.

Kiritildi: 16:33, 30.01.2026.
O'qildi: 750 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.