Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/02 01:00 Olimpiakos 0-2 Bayer
19/02 01:00 Bryugge 3-3 Atletiko
19/02 01:00 Bude-Glimt 3-1 Inter

O‘zbekiston ayollar terma jamoasi Vyetnamni yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston ayollar terma jamoasi Vyetnamni yirik hisobda mag‘lub etdi

Baho:
+ | -

2026-yilgi Osiyo Kubogiga hozirlik ko‘rayotgan Kotrina Kulbite boshqaruvidagi O‘zbekiston ayollar terma jamoasi Vyetnam poytaxti Xanoy shahrida o‘tkazilgan navbatdagi nazorat uchrashuvida maydonga tushdi va mezbonlar ustidan 6:2 hisobida g‘alaba qozondi.

Uchrashuv davomida O‘zbekiston terma jamoasi hujumda faol harakat qildi va ikkinchi bo‘limda raqib darvozasiga ketma-ket gollar kiritdi. Jamoaning eng samarali futbolchisi Lyudmila Karachik bo‘lib, u 52-, 70- va 75-daqiqalarda gol urib, xet-trikka erishdi. Shuningdek, Dilrabo Asadova (81-daqiqa), Maftuna Shoyimova (87-daqiqa) va Omina Valixonova (90+2) ham raqib darvozasini ishg‘ol etdi.

Ma’lumot uchun, jamoalar o‘rtasidagi ilk nazorat uchrashuvida Vetnam ayollar terma jamoasi 1:0 hisobida g‘alaba qozongan edi.

2026-yilgi ayollar o‘rtasidagi Osiyo Kubogi 1–21-mart kunlari Avstraliyada bo‘lib o‘tadi. Turnir 2027-yilda Braziliyada o‘tkaziladigan FIFA ayollar o‘rtasidagi Jahon chempionati uchun Osiyo mintaqasidagi yakuniy saralash bosqichi vazifasini bajaradi.

Manba: www.daryo.uz
Kiritildi: 19:01, 30.01.2026.
O'qildi: 791 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.