Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/02 01:00 Olimpiakos 0-2 Bayer
19/02 01:00 Bryugge 3-3 Atletiko
19/02 01:00 Bude-Glimt 3-1 Inter

Novak Jokovich Australian Open finalida Karlos Alkarasga qarshi kortga chiqadi

Novak Jokovich Australian Open finalida Karlos Alkarasga qarshi kortga chiqadi

Baho:
+ | -

Serbiyalik tennischi Novak Jokovich Australian Open turniri finaliga yo‘l oldi. Yarim final bahsida u musobaqaning so‘nggi ikki karra chempioni, italiyalik Yannik Sinnerni mag‘lub etdi. Turnir Avstraliyaning Melburn shahrida bo‘lib o‘tmoqda.

Uchrashuv besh set davom etib, 3:6, 6:3, 4:6, 6:4, 6:4 hisobida Jokovich foydasiga yakunlandi. Musobaqada to‘rtinchi raqam ostida tasniflangan serbiyalik tennischi finalda Jahon reytingi yetakchisi, ispaniyalik Karlos Alkarasga qarshi kortga chiqadi. Hal qiluvchi bahs 1 fevral kuni o‘tkaziladi.

Bu Jokovich uchun Australian Open musobaqasidagi 11-final bo‘ladi. E’tiborlisi, serbiyalik tennischi ushbu turnirning birorta finalida mag‘lubiyatga uchramagan. Umuman olganda, u faoliyati davomida “Katta dubulg‘a” turnirlarida 38-marta finalga chiqdi va 24 ta chempionlikni qo‘lga kiritgan. Ushbu ko‘rsatkichlar bo‘yicha u erkaklar yakkalik bahslarida mutlaq rekordchi hisoblanadi. Jokovich so‘nggi bor Australian Open finalida 2023-yilda ishtirok etib, unda gresiyalik Stefanos Sisipasni mag‘lub etgan edi.

24 yoshli Yannik Sinner esa hozirda ATP reytingida 2-o‘rinda joylashgan. Italiyalik tennischi yakkalik bahslarida 24 ta ATP turnirida g‘alaba qozongan. U “Katta dubulg‘a” turnirlarida to‘rt marta chempion bo‘lgan: Australian Open (2024, 2025), US Open (2024) va Uimbildon (2025). Shuningdek, Sinner 2023 va 2024-yillarda Italiya terma jamoasi safida Devis kubogini qo‘lga kiritgan.

Ma’lumot uchun, Australian Open — mavsumdagi ilk “Katta dubulg‘a” turniri bo‘lib, qattiq qoplamali kortlarda o‘tkaziladi. Musobaqa 1 fevral kuni yakunlanadi, uning umumiy sovrin jamg‘armasi 75 million dollarni tashkil etadi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 21:38, 30.01.2026.
O'qildi: 776 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.