Madridning "Real" klubidan ijaraga olingan "Lion" hujumchisi Endrik Karlo Anchelotti bilan bo‘lgan suhbat haqida gapirdi.
Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi 19 yoshli futbolchi yanvar oyi boshida Fransiyaga ketganidan keyin u bilan aloqaga chiqqan.
"Men "Lion"ga o‘tganimda Anchelotti bilan ajoyib suhbat qurdik. U menga juda kerakli maslahat berdi. Endi yaxshilanishda davom etish va yangi bosqichga chiqish uchun astoydil ishlash kerak", - dedi braziliyalik yosh futbolchi.
Eslatib o‘tamiz, Karlo Anchelotti Endrik bilan "Real"da birga ishlagan.













