Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/01 11:00 Saudiya Arabistoni 0-2 Eron
30/01 13:00 Avstraliya 2-4 O‘zbekiston
30/01 15:00 Malayziya 0-7 Afg‘oniston
30/01 17:00 Tojikiston 0-3 Yaponiya
31/01 00:45 Lasio 3-2 Jenoa
31/01 01:00 Espanyol 1-2 Alaves
31/01 13:00 Tailand - Vyetnam
31/01 13:00 Kuvayt - Livan
31/01 17:00 Indoneziya - Iroq
31/01 17:00 Qirg‘iziston - Janubiy Koreya
31/01 18:00 Real Ovyedo - Jirona
31/01 19:00 Piza - Sassuolo
31/01 20:00 Lids - Arsenal
31/01 20:00 Vulverhempton - Bornmut
31/01 20:00 Brayton - Everton
31/01 20:15 Osasuna - Vilyarreal
31/01 22:00 Napoli - Fiorentina
31/01 22:30 Levante - Atletiko
31/01 22:30 Chelsi - Vest Xem
01/02 00:45 Kalyari - Verona
01/02 01:00 Elche - Barselona
01/02 01:00 Liverpul - Nyukasl
01/02 13:00 Yaponiya - O‘zbekiston
01/02 13:00 Tojikiston - Avstraliya
01/02 17:00 Eron - Afg‘oniston
01/02 17:00 Saudiya Arabistoni - Malayziya

Akmal Hasanov: «Men Fantomas emasman»

Akmal Hasanov: «Men Fantomas emasman»

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT / Sport turlari / Boks
Rukn: Yangiliklar

Yutrimizda boks bo‘yicha 2025 yilning «Eng yaxshi murabbiyi» deya e’tirof etilgan Akmal Hasanov O‘zbekiston boks federasiyasi matbuot xizmatiga intervyu berdi.

- Akmal, avvalo, so‘ngi yillardagi muvaffaqiyatlaringiz bilan tabriklaymiz! 

- Rahmat. 

- Albatta bunga bir o‘zim erishganim yo‘q. Federasiyamiz rahbarlari, terma jamoamiz murabbiylarining yordami va maslahatlari tufayli shu darajaga yetib kelyapmiz. 

-O‘sha Olimpiadada Munarbek Seyitbek o‘g‘liga sekundantlik qilishingiz katta shov-shuvlarga sabab bo‘ldi. Adashmasam Qirg‘iziston prezidenti bilan ham ko‘rishdingiz...? 

- Ha, albatta. "Chingiz Aytmatov ordeni" bilan taqdirladi. "Trekker" avtomobili ham sovg‘a qildi. Qolaversa, biz qardosh xalqligimiz, tariximiz, dinimiz birligi va har doim mana shunday ahil do‘stligimiz bardavom bo‘lishini aytib, minnatdorchilik bildirdi. 

- Munarbek bilan hozir ham gaplashib turibsizmi?
- Ha, albatta. Ko‘p muloqotda bo‘lamiz. 

- Nega bokschilik faoliyatingizni erta yakunlagansiz?

- To‘g‘risi, turli yosh toifalarida uch marta O‘zbekiston chempioni bo‘lganman. O‘sha vaqt vazn toifamda Elnur Abduraimov va Xurshid Tojiboyevlar porlab chiqqandi. Shuning uchun terma jamoadan o‘rin olib, Olimpiadalarga borish juda qiyin edi. Shu tufayli faoliyatimni yakunlab, murabbiy bo‘lishni maqsad qilganman. Ustozim To‘lqin Qilichev dastlab Chirchiq Olimpiya zaxiralari kollejida tarbiyachi qilib tayinlagan.  2014-2018 yilning yarmiga qadar Chirchiq Olimpiya zaxiralari kollejida tarbiyachi bo‘ldim. Shundan keyin Respublika Olimpiya zaxiralari kollejida faoliyat yuritib kelyapman. Shu o‘rinda aytib o‘tishim kerak, menga ustozim To‘lqin Qilichevni mehnati juda ko‘p singan. 

- So‘ngi vaqtlarda Respublika olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi vakillari mamlakat chempionatida yuqori natijalar qayd etishmoqda. Bu nima bilan bog‘liq?

- Ma’lumot tariqasida aytib o‘taman. Bu safar 10 ta vaznda 6 ta oltin, 2024 yil 13 ta vaznda 8 ta va 2023 yil 13 ta vaznda 9 ta oltin oldik. Albatta, direktorimiz Abror aka Mamadaliyev bilan to‘g‘ri tizimni yo‘lga qo‘ydik. Aslida, 10 ta murabbiy rasman ishlaydi. 15 ta bolalarning shaxsiy murabbiylariga ham sharoit yaratib, shu yerda ishlashiga zamin yaratdik. Albatta bu boksimiz va jamoa uchun qilinyapti. Natijalar mehnat va faqat mehnatni ortidan kelyapti. Ortiqcha gaplarning bari safsata...

- Mana endi hammani qiziqtirayotgan savollarga keldik. Nega sizni "Choko" deyishadi?

-  Bilmadim. Balki qora ekanligimgadir. :)

-So‘ngi vaqtlarda shunaqa atamalar paydo bo‘ldi. "Choko taym", "Fantomas" bunga qanday izohingiz bor? 

- Bilmadim. Balki natijalarimiz yaxshi bo‘layotganligi tufaylidir. Buni yuqorida aytdim. Biz mehnat qilyapmiz. Natijalar shuni ortidan kelyapti. Men oddiy murabbiyman. 

- Sizni hakamlarga ta’sir o‘tkazishi mumkin deyishmoqda?
 
- Agar shunaqa bo‘lganda, rahbariyat meni bir daqiqada "Kovushimni to‘g‘irlab" qo‘yardi. Yana aytaman men oddiy murabbiyman.

- Adashmasam, qo‘l ostingizda xorijlik bokschilar ham shug‘ullanayotgan ekan...?

- Ha, ikki angliyalik va bir kongolik bokschi bor. Kongo vakili so‘ngi jahon chempionatida 2 ta jang o‘tkazdi. Bitta g‘alaba qozondi. Ikkinchisida imkoniyatni boy berib qo‘ydi. 

- Ularga sizni kim tavsiya qilgan? 

- O‘zbek boksi bugun jahonda yetakchi mamlakatga aylandi. Tabiiyki, internet tarmoqlari orqali ko‘rishadi. Federasiyaga murojaat qilishadi. 

- Sizningcha,  uchta eng zo‘r yosh murabbiylar?

-Javlonbek Eshmatov, Murod Hayitov hamda Elnur Abduraimov. 

- So‘ngi chempionatda shogirdlaringizdan qaysi birining harakatlari ko‘proq yoqdi? 

- Abdurahmon Mahmudjonov. U o‘zi O‘zbekistondagi eng yosh professional bokschi sanaladi. Yodingizda bo‘lsa Birlashgan Arab Amirliklarida Bahodir Jalolov bilan bitta kechada jang qilgandi. Adashmasam 13 yosh edi. Angliyalik bokschiga qarshi o‘ziga xos shou jangida ringga ko‘tarilgan. Aslida yutgandi. Lekin durang berishgan. 

- Siz terma jamoa bilan ko‘proq birga bo‘lasiz, keling bir nechta blis savollar bilan murojaat qilaman...

Eng hazilkash - Asilbek Jalilov,

Eng jiddiy - Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev,

Eng uyquchi - hammasi,

Eng texnikasi yuqori - Abdumalik Xalokov, Asadxo‘ja va Hasanboyni xam qo‘shgan bo‘lardim.

Kimga lapa ushlashni xohlamagan bo‘lardingiz?

- Jahongir Zokirov va Javohir Ummataliyev. Ularning zarbalari juda kuchli. Shunchaki azob lapa ushlash. :)

- Akmal suhbat uchun tashakkur. Faoliyatingizga omad tilaymiz! 

- Rahmat.

Manba: Ўзбекистон бокс федерацияси матбуот хизмати
Kiritildi: 12:48, 31.01.2026.
O'qildi: 258 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.