Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor 1-1 So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf 2-3 Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo 2-2 OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem - Aston Villa
25/04 17:00 Alaves - Malyorka
25/04 18:00 Parma - Piza
25/04 19:00 Liverpul - Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem - Everton
25/04 19:00 Vulverhempton - Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe - Barselona
25/04 21:00 Bolonya - Roma
25/04 21:30 Arsenal - Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya - Jirona
25/04 23:45 Verona - Lechche
26/04 00:00 Atletiko - Atletik Bilbao

Samvel Babayan: «Ishonch bilan ayta olaman, 2026-yilgi mavsum eng qiziqarlisi bo‘ladi»

Samvel Babayan: «Ishonch bilan ayta olaman, 2026-yilgi mavsum eng qiziqarlisi bo‘ladi»

Baho:
+ | -

"Andijon" bosh murabbiyi Samvel Babayan "Kaspiy" klubiga qarshi bo‘lib o‘tgan o‘rtoqlik o‘yinidan keyin mazkur bellashuv hamda qur’a haqida klub matbuot xizmatiga o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

"Biz mavsumga tayyorgarlikni davom ettirmoqdamiz. Bu safar "Kaspiy" jamoasiga qarshi o‘yin jismoniy tiklanish ishlariga boy bo‘lgan tayyorgarlikning birinchi bosqichini yakunlab berdi. Ushbu uchrashuv futbolchilarning funksional holatini yaxshilash, o‘yin shakli va o‘yin sur’atini oshirishga qaratildi.

Tayyorgarlikning ushbu bosqichida deyarli barcha futbolchilarga bir xil o‘yin vaqti berildi. Charchoq sharoitida har bir futbolchining individual sifatlarini ko‘rish, ularning o‘yin imkoniyatlarini hamda biz taklif qilayotgan o‘yin taktik modeliga qo‘yilayotgan talablarni qanday qabul qila olishini baholash biz uchun muhim edi.

Qur’aga kelsak, umuman olganda, kim va qachon raqib sifatida to‘g‘ri kelishi katta ahamiyatga ega emas. Qur’a tashlashning o‘zi mavsum yaqinlashayotganining aniq belgisi. Shuning uchun katta qiziqish uyg‘otmoqda.

Har bir jamoa 15 ta uyda va 15 ta mehmonda, jami 30 ta o‘yin o‘tkazadi. Barcha jamoalarning moddiy-texnik bazasi sezilarli darajada o‘sdi. Har bir jamoada sifatli futbolchilarni taklif qilish imkoniyati mavjud.

Ishonch bilan ayta olaman, 2026-yilgi mavsum eng qiziqarlisi bo‘ladi. Chunki ko‘plab jamoalar o‘z oldiga yuqori maqsadlarni qo‘ygan, oson o‘yinlari bo‘lmaydi", - deya fikr bildirdi Samvel Vyacheslavovich.

Manba: "Андижон" клуби матбуот хизмати
Kiritildi: 13:04, 31.01.2026.
O'qildi: 1108 marta.
Fikrlar: 14 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик