Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya 1-1 Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona 1-1 Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Mirko Yelichich: "Birinchi turda istalgan jamoa kutilmagan sovg‘a tayyorlashi mumkin"

Mirko Yelichich: "Birinchi turda istalgan jamoa kutilmagan sovg‘a tayyorlashi mumkin"

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

"Lokomotiv" bosh murabbiyi Mirko Yelichich qur’a haqida fikr bildirdi. Eslatib o‘tamiz, "temiryo‘lchilar" mavsumni "Surxon"ga qarshi bahs bilan boshlaydi.

- Birinchi turda istalgan jamoa kutilmagan sovg‘a tayyorlashi mumkin. Chunki hozir barchaning kayfiyati yuqori, kuchi ko‘p, mavsumga deyarli tayyor. Balki ayrim jamoalar 1-turdagi raqibini unchalik kuchli emas deb hisoblashi mumkindir, lekin barchada hozir tarkib o‘zgargan va ularning nimalarga qodirligini tasavvur qilish ham qiyin bo‘ladi. Shu boisdan istalgan jamoa raqiblariga qiyinchilik tug‘diradi.

- Yangi mavsum oldidan Superliga haqida nima deya olasiz?
- Ushbu mavsum qiziq o‘tadi, deb o‘ylayman. Unda ikki jamoa barchadan o‘zib ketib, chempionlik uchun kurashmasa kerak. Ko‘p jamoalar darajasi bir-biriga yaqin. Bu liga uchun yaxshi. Hozir oson o‘yinning o‘zi bo‘lmaydi. Chunki barcha jamoalar raqiblarini yaxshi o‘rganmoqda. Shu boisdan har bir o‘yinga maksimal yuqori darajada tayyorlanib, yaxshi kayfiyatda bo‘lib, barqarorlikni saqlash kerak. Bir o‘yinni yaxshi o‘ynagandan keyin o‘sha holatni ushlab qola olish lozim.

Manba: "Локомотив" клуби матбуот хизмати
Kiritildi: 14:06, 31.01.2026.
O'qildi: 695 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик