Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/08 00:00 Kristal Pelas 1-4 Manchester Siti
29/08 00:30 Alaves 1-0 Vilyarreal
29/08 16:30 Liverpul 2-2 Nottingem Forest
29/08 18:00 Surxon 0-1 Guliston
29/08 19:00 Neftchi 1-0 Paxtakor
29/08 19:00 Bornmut 1-1 Everton
29/08 19:00 Koventri Siti 0-1 Xall Siti
29/08 20:00 Levante 5-2 Betis
29/08 21:30 Tottenhem 0-2 Nyukasl
29/08 21:30 Fiorentina 0-3 Frozinone
29/08 21:30 Monsa 2-3 Udineze
29/08 21:30 Sassuolo 2-1 Torino
29/08 22:00 Real Sosyedad 2-1 Espanyol
29/08 23:45 Yuventus 2-0 Parma
30/08 00:30 Sevilya 1-3 Atletiko
30/08 18:00 So‘g‘diyona - Jayxun
30/08 18:00 Chelsi - Brayton
30/08 18:00 Lids - Brentford
30/08 18:00 Sanderlend - Fulhem
30/08 19:00 Navbahor - Nasaf
30/08 20:00 Real Madrid - Malaga
30/08 20:30 Man. Yunayted - Ipsvich
30/08 21:30 Napoli - Komo
30/08 22:30 Deportivo - Valensiya
30/08 23:45 Kalyari - Inter
30/08 23:45 Lasio - Jenoa
31/08 00:30 Selta - Atletik Bilbao
31/08 21:30 Lechche - Roma
31/08 22:30 Osasuna - Xetafe
31/08 23:45 Atalanta - Bolonya
01/09 00:00 Aston Villa - Arsenal

Javohir Husanov: «Ochig‘ini aytganda, O‘zbekiston terma jamoasiga chaqiruv olishimni kutmagandim»

Javohir Husanov: «Ochig‘ini aytganda, O‘zbekiston terma jamoasiga chaqiruv olishimni kutmagandim»

Baho:
+ | -

O‘zbekiston MTJ safida yanvar oyidagi o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlarida ishtirok etib, ikkita uchrashuvda ikkita gol urishga erishgan Javohir Husanov terma jamoamizga chaqiruvi, terma jamoa bosh murabbiyi va o‘yinlar haqida «Qo‘qon-1912» jamoasining matbuot xizmatiga qisqa intervyu berdi.

— Javohir, avvalo O‘zbekiston MTJdagi debyutingiz bilan tabriklaymiz. Birinchi navbatda terma jamoaga chaqirilishingizni qanchalik kutgandingiz?

— Avvalambor assalomu alaykum! Ochig‘ini aytganda, O‘zbekiston terma jamoasiga chaqiruv olishimni kutmagandim. Birinchi marta mamlakatimizning bosh terma jamoasiga chaqiruv olganimdan xursandman. Bu men uchun katta motivasiya bo‘ldi.

— Terma jamoa libosini kiyganingizda qanday his-tuyg‘ular o‘tdi?

— Mamlakatimizning bosh jamoasi libosini kiyish har bir futbolchining orzusi va maqsadi bo‘lsa kerak. Libosni kiyganingizdan keyin bunga munosib bo‘lish uchun harakat qilasiz. Vatan libosida siz katta mas’uliyatni his qilasiz.

— Fabio Kannavaro haqida nima deya olasiz? Ushbu murabbiy mahalliy murabbiylardan qay jihatlari bilan ajralib turadi?

— To‘g‘risini aytganda, mister Kannavaro juda kuchli murabbiy ekan. Ushbu yig‘inda asosan raqibni pressing qilish bo‘yicha juda ko‘p ishlar olib borildi. Har bir murabbiyning o‘z uslubi va yo‘nalishi bor. O‘zbekiston MTJ bosh murabbiyining talabchanligini alohida ta’kidlab o‘tishim lozim.

— 2 ta o‘yin va 2 ta gol. Terma safidagi o‘yiningiz haqida nima deya olasiz?

— Har ikki bahsda ham maydonga tushib, har ikkalasida ham gol urganimdan juda xursandman. Avval aytganimdek, terma jamoaga chaqiruv har bir futbolchining orzusi. Agar futbolchi bosh terma jamoaga chaqiruv olib, yana debyutida gol ursa, uning baxti yuz barobar oshib ketadi. Hech bir futbolchi o‘z o‘yinidan hech qachon to‘liq qoniqish hosil qilmaydi. Men ham yanada ko‘proq ishlab, vatanim uchun borimni berishga harakat qilaman.

Manba: https://t.me/FCKOKAND
Kiritildi: 22:46, 31.01.2026.
O'qildi: 1583 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик