"Bavariya" Bundesligada ketma-ket ikkinchi o‘yinda ochko yo‘qotdi.
Vensan Kompani jamoasi Germaniya chempionatining 20-turida "Gamburg" bilan durang o‘ynadi - 2:2. 24 yanvar kuni myunxenliklar "Augsburg"ga mag‘lub bo‘lgandi (1:2).
"Bavariya" 51 ochko bilan musobaqa jadvalida 1-o‘rinda bormoqda va zaxirasida bir o‘yini bor "Borussiya" Dortmundni 9 ochkoga ortda qoldirmoqda.













