Kirish Ro'yxatdan o'tish

Konate Virsning "Nyukasl"ga qarshi o‘yinini baholadi

Konate Virsning "Nyukasl"ga qarshi o‘yinini baholadi

Baho:
+ | -

«Liverpul»ning markaziy himoyachisi Ibraima Konate yarim himoyachi Florian Virsning o‘yini haqida fikr bildirdi.

Shanba kuni «Nyukasl»ga qarshi uchrashuvda (4:1) Konate va Virs bittadan gol urdi, yana ikki bor Ugo Ekitike o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi. Shuningdek, Virs fransuz hujumchisiga golli pas ham berdi.

«Florian uchun juda xursandman. U hozirgina o‘z darajasini butun dunyoga ko‘rsatdi. Menimcha, u hali «Liverpul»dagi eng yuqori cho‘qqisiga chiqqani yo‘q, lekin bu yaqin vaqtda bo‘ladi», — deya Konatening so‘zlarini keltiradi The Touchline.

Florian Virs «Bayer»dan ko‘chib o‘tganidan so‘ng «Liverpul»dagi ilk mavsumini o‘tkazmoqda. 22 yoshli futbolchi uchun ingliz klubi 125 million yevro to‘lagan.

Kiritildi: 17:29, 01.02.2026.
O'qildi: 571 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.