Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/04 00:00 Vilyarreal 2-1 Selta
27/04 19:00 Mash’al 0-1 Buxoro
27/04 19:00 OKMK 2-1 Lokomotiv
27/04 21:30 Kalyari 3-2 Atalanta
27/04 23:45 Lasio 3-3 Udineze
28/04 00:00 Man. Yunayted 2-1 Brentford
28/04 00:00 Espanyol 0-0 Levante
28/04 19:00 Andijon - Dinamo
28/04 19:00 So‘g‘diyona - Surxon
28/04 20:00 Paxtakor - Nasaf
29/04 19:00 Qizilqum - Xorazm
29/04 19:00 Neftchi - Qo‘qon-1912
29/04 20:00 Bunyodkor - Navbahor

La liga. «Real» 90+10-daqiqadagi penalti evaziga «Rayo Valyekano»ni mag‘lub etdi

La liga. «Real» 90+10-daqiqadagi penalti evaziga «Rayo Valyekano»ni mag‘lub etdi

Baho:
+ | -

Ispaniya La Ligasining 22-turi doirasida «Real» va «Rayo Valyekano» o‘rtasidagi uchrashuv yakunlandi. Bellashuv Madriddagi «Santyago Bernabeu» stadionida bo‘lib o‘tdi. Maydon egalari 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.

Uchrashuvda hisobni 15-daqiqada «Real» vingeri Vinisius Junior ochdi. 49-daqiqada «Rayo Valyekano» yarim himoyachisi Xorxe de Frutos muvozanatni tikladi. 81-daqiqada mehmonlar yarim himoyachisi Pate Siss to‘g‘ridan-to‘g‘ri qizil kartochka oldi. 90+10-daqiqada esa mehmonlar darvozasi tomon penalti belgilandi. Mezbonlar hujumchisi Kilian Mbappe penaltini aniq amalga oshirib, «Real»ga g‘alaba olib keldi.

Ispaniya chempionatining 22 ta o‘yinidan keyin madridlik «Real» 54 ochko jamg‘arib, turnir jadvalida ikkinchi o‘rinni egallab turibdi. «Rayo Valyekano» esa 22 ochko bilan 16-pog‘onada joylashgan.

Keyingi turda «Rayo Valyekano» 7 fevral kuni uyda «Ovyedo»ni qabul qiladi, «Real» esa 8 fevral kuni safarda «Valensiya»ga qarshi maydonga tushadi.

Ispaniya — Primera. 22-tur
1 fevral 2026 yil, yakshanba. 18:00.
«Real Madrid» (Madrid) — «Rayo Valyekano» (Madrid) — 2:1
Gollar: 1:0 — Vinisius Junior (15'), 1:1 — de Frutos (49'), 2:1 — Mbappe (90+10, penalti)
Chetlatishlar: Siss (80'), Chavarria (90+14') — "Rayo Valyekano"

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 20:18, 01.02.2026.
O'qildi: 1620 marta.
Fikrlar: 257 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик