Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/08 00:00 Kristal Pelas 1-4 Manchester Siti
29/08 00:30 Alaves 1-0 Vilyarreal
29/08 16:00 Man. Yunayted - Ipsvich
29/08 16:30 Liverpul 2-2 Nottingem Forest
29/08 18:00 Surxon - Guliston
29/08 19:00 Neftchi - Paxtakor
29/08 19:00 Bornmut 1-1 Everton
29/08 19:00 Koventri Siti 0-1 Xall Siti
29/08 20:00 Levante 5-2 Betis
29/08 21:30 Tottenhem 0-2 Nyukasl
29/08 21:30 Fiorentina 0-3 Frozinone
29/08 21:30 Monsa 2-3 Udineze
29/08 21:30 Sassuolo 2-1 Torino
29/08 22:00 Real Sosyedad 2-1 Espanyol
29/08 23:45 Yuventus 2-0 Parma
30/08 00:30 Sevilya 1-3 Atletiko
30/08 18:00 So‘g‘diyona - Jayxun
30/08 18:00 Chelsi - Brayton
30/08 18:00 Lids - Brentford
30/08 18:00 Sanderlend - Fulhem
30/08 19:00 Navbahor - Nasaf
30/08 20:00 Real Madrid - Malaga
30/08 21:30 Napoli - Komo
30/08 22:30 Deportivo - Valensiya
30/08 23:45 Kalyari - Inter
30/08 23:45 Lasio - Jenoa
31/08 00:30 Selta - Atletik Bilbao
31/08 21:30 Lechche - Roma
31/08 22:30 Osasuna - Xetafe
31/08 23:45 Atalanta - Bolonya
01/09 00:00 Aston Villa - Arsenal

Tata Steel Chess-2026. Nodirbek Abdusattorov chempionlikni qo‘lga kiritdi, Sindarov 2-o‘rinni egalladi

Tata Steel Chess-2026. Nodirbek Abdusattorov chempionlikni qo‘lga kiritdi, Sindarov 2-o‘rinni egalladi

Baho:
+2 | -

Niderlandiyaning Veyk-an-Zee shahrida shaxmat bo‘yicha 2026 yilgi Tata Steel Chess turniri yakuniga yetdi. Musobaqaning umumiy sovrin jamg‘armasi 1,2 million AQSH dollarini tashkil etadi.

O‘zbekistonlik grossmeyster Nodirbek Abdusattorov Masters guruhi doirasidagi 13-tur uchrashuvida hindistonlik Arjun Erigaisi ustidan g‘alaba qozondi. Ushbu natijadan so‘ng Abdusattorov ochkolari sonini 9 taga yetkazib, turnir jadvalida yakka peshqadam sifatida birinchi o‘rinni egalladi va chempionlikni qo‘lga kiritdi.

Ma’lumot uchun, Nodirbek Abdusattorov avvalgi yillarda ham Tata Steel Chess turnirida sovrinli o‘rinlarni egallab kelgan: 2023 yilda ikkinchi o‘rin, 2024 va 2025 yillarda esa uchinchi o‘rin bilan kifoyalangan edi. 2026 yilda esa uzoq kutilgan chempionlikni qo‘lga kiritdi.

Tata Steel Chess musobaqasida ilk marta ishtirok etgan Javohir Sindarov esa 2-o‘rinni egalladi. Hamyurtimiz bugun 13-tur doirasida chexiyalik Nguyen Tay Day Vanga qarshi qora donalarda o‘ynadi. 83 ta yurishga cho‘zilgan bahsda Javohir raqibini mag‘lub etdi. Sindarov 13 ta o‘yinda 8,5 ochko jamg‘arib, yaqin ta’qibchilaridan 1 ochkoga ilgarilab ketdi.

Turnirda 3-o‘rinni mezbon shaxmatchi Yorden van Foreestga nasib etdi — 7,5 ochko.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 22:14, 01.02.2026.
O'qildi: 4413 marta.
Fikrlar: 13 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик