Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/09 00:00 Real Sosyedad 0-3 Atletiko
14/09 18:45 Neftchi 1-0 Al-Quva al-Javiya
14/09 21:00 Shabab al-Ahli 1-0 Traktor
14/09 21:00 Ash-Shamol 1-1 Al-Ittihod
14/09 21:30 Komo 2-1 Parma
14/09 21:30 Torino 0-2 Roma
14/09 23:15 Al-Ahli (SA) 1-1 Paxtakor
14/09 23:15 Al-Qodisiya 2-1 Al-Vasl
14/09 23:15 Istiqlol 3-0 As-Sadd
14/09 23:45 Inter 5-3 Udineze
15/09 00:00 Vilyarreal 1-2 Betis
15/09 00:00 Lids 4-1 Nyukasl
15/09 15:00 Tejon Hana Citizen - Kyoto Sanga
15/09 15:00 Gamba Osaka - Kongan Hanoi
15/09 15:00 Kashima Antlers - Nyukasl Jets
15/09 15:00 Ratchaburi - Shangxay Port
15/09 17:15 Beyjing Guoan - Poxang Stilers
15/09 17:15 Johor Dorul Ta'zim - Buriram Yunayted
15/09 21:00 Al-Ayn - An-Nasr (SA)
15/09 23:15 Al-Hilol - Al-G‘arafa
16/09 15:00 Chonbuk Motors - Kashiva Reysol
16/09 17:15 Port - Vissel Kobe

Abduqodir Husanovning “Tottenhem”ga qarshi o‘yini qanday baholandi?

Abduqodir Husanovning “Tottenhem”ga qarshi o‘yini qanday baholandi?

Baho:
+ | -

O‘zbekiston terma jamoasi himoyachisi Abduqodir Husanov Angliya Premyer Ligasining 21-turidan o‘rin olgan “Tottenhem” — “Manchester Siti” uchrashuvida (2:2) asosiy tarkibda maydonga tushib, to‘liq 90 daqiqa harakat qildi.

Uchrashuv davomida Husanov 73 marta to‘p bilan muomala qildi. Himoyachi jami 58 ta uzatma amalga oshirgan bo‘lib, ularning 56 tasi aniq manzilga yetib bordi — 97 foiz aniqlik. Sofascore portali o‘zbekistonlik futbolchining harakatlarini 6,8 ball bilan baholadi. Bu “shaharliklar” himoya chizig‘ida harakat qilgan futbolchilar ichidagi eng yaxshi ikkinchi ko‘rsatkich hisoblanadi. Shuningdek, Husanov uchrashuvning 21-daqiqasida sariq kartochka bilan jazolanganini ham aytib o‘tish lozim.

Abduqodir Husanovning himoyadagi harakatlari:

Himoyaviy harakatlar: 9 marta
Faol kurash orqali to‘pni olib qo‘yish: 2 marta (barchasi muvaffaqiyatli)
Raqib zarbasini to‘sib qolish: 1 marta
Tozalashlar: 6 marta
Yerda kurashlar: 5 marta (3 tasi muvaffaqiyatli)
Havodagi kurashlar: 1 marta

“Tottenhem” hujumchisi Dominik Solanke bahsning eng yaxshi futbolchisi deb topildi — 9,1 ball. Angliyalik futbolchi 70-daqiqada “chayon” uslubida gol urib, jamoasini mag‘lubiyatdan saqlab qoldi.

“Manchester Siti” safida eng yuqori baho tayanch yarim himoyachi Rodriga nasib etdi — 8,3 ball. Avtogol muallifi Mark Gexi hamda “Siti”ning birinchi goliga mualliflik qilgan Rayan Sherki ham 8,1 ball bilan eng yaxshilar qatoridan joy oldi. Shuningdek, Bernardu Silva 7,2 ball, Antuan Semenyo va Abduqodir Husanov 6,8 ball, Niko O'Reyli 6,6 ball, Erling Holand 6,6 ball Rayan Ait-Nuri 6,3 ball hamda Mateus Nunyes 6,0 ball bilan baholandi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 09:25, 02.02.2026.
O'qildi: 4996 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик