Kirish Ro'yxatdan o'tish

Diallo Kerrik "MYU" futbolchilariga nimalar deganini aytdi

Diallo Kerrik "MYU" futbolchilariga nimalar deganini aytdi

Baho:
+ | -

"Manchester Yunayted" futbolchisi Amad Diallo yangi murabbiy Maykl Kerrik qo‘l ostida jamoaning kayfiyati yaxshilangani haqida gapirdi.

"Qizil iblislar" yangi murabbiy bilan ilk 3 ta o‘yinda uchta g‘alabaga erishdi. Avvaliga "Manchester Siti" (2:0) va "Arsenal" (3:2) mag‘lubiyatga uchratilgan bo‘lsa, kecha "Fulxem" (3:2) ham taslim etildi.

"Murabbiy doim biz buyuk klubda o‘ynayotganimizni va Chempionlar ligasiga chiqmoqchi bo‘lsak, eng yuqori darajani ushlab turishimiz shartligini aytadi. Har bir o‘yinda g‘alaba qozonishimiz kerak - bu safar ham biz bunga qodir ekanligimizni isbotladik. Biz holatimizdan juda mamnunmiz, qadam-baqadam oldinga siljishimiz kerak. Oldinda hali ko‘plab o‘yinlar bor, har narsa bo‘lishi mumkin, ammo bizda yaxshi kayfiyat va jangovar ruh bor," - dedi Diallo yakshanba kungi o‘yindan so‘ng.

"MYU" Premyer-liga 24-turidan keyin turnir jadvalida to‘rtinchi o‘rinda bormoqda.

Kiritildi: 13:29, 02.02.2026.
O'qildi: 1564 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.