Amsterdamning «Ayaks» klubi rasmiy saytida yangi futbolchi — qanot hujumchisi Maer Karriso jamoaga kelib qo‘shilganini e’lon qildi.
19 yoshli futbolchi Argentinaning «Veles Sarsfild» klubidan 6 million yevro evaziga sotib olindi. Karriso va «Ayaks» o‘rtasidagi shartnoma 2030 yilning yoziga qadar imzolangan. Niderlandiya grandi safida yosh hujumchi 7-raqam ostida to‘p suradigan bo‘ldi.
Maer Karriso «Veles Sarsfild» safida 2024 yildan beri harakat qilib kelayotgan edi. U argentinaliklar tarkibida jami 52 ta o‘yin o‘tkazib, o‘z hisobiga 11 ta gol va 3 ta golli uzatmani yozdirib qo‘ygan. Ayni damda «Ayaks» Niderlandiya chempionati turnir jadvalida to‘rtinchi o‘rinda bormoqda.













