Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/04 00:00 Vilyarreal 2-1 Selta
27/04 19:00 Mash’al 0-1 Buxoro
27/04 19:00 OKMK 2-1 Lokomotiv
27/04 21:30 Kalyari 3-2 Atalanta
27/04 23:45 Lasio 3-3 Udineze
28/04 00:00 Man. Yunayted 2-1 Brentford
28/04 00:00 Espanyol 0-0 Levante
28/04 19:00 Andijon - Dinamo
28/04 19:00 So‘g‘diyona - Surxon
28/04 20:00 Paxtakor - Nasaf
29/04 19:00 Qizilqum - Xorazm
29/04 19:00 Neftchi - Qo‘qon-1912
29/04 20:00 Bunyodkor - Navbahor

Fabrisio Romano «Real» qishda rad qilgan transfer haqida ma’lumot berdi

Fabrisio Romano «Real» qishda rad qilgan transfer haqida ma’lumot berdi

Baho:
+ | -

«Al-Hilol» yarim himoyachisi Ruben Nevesh qishki transfer oynasida Madridning «Real» klubiga o‘tishi mumkin edi.

Mashhur insayder Fabrisio Romanoning tasdiqlashicha, o‘tgan oyda 28 yoshli futbolchining xizmatlari chindan ham «qirollik klubi»ga taklif qilingan. Biroq «qaymoqranglilar» qishda hech kim bilan shartnoma imzolashni istamaganlari sababli Portugaliya terma jamoasi xavbekidan voz kechishga qaror qilishgan. Chorshanba kuni futbolchi Saudiya klubi bilan amaldagi shartnomasini 2029 yilning o‘rtalariga qadar uzaytirdi.

«Al-Hilol»ga o‘tgunga qadar Ruben Nevesh olti yil davomida Angliyaning «Vulverxempton» jamoasida to‘p surgan, undan oldin esa «Portu» sharafini himoya qilgan. Portugaliyalik futbolchining narxi Transfermarkt portali tomonidan 25 million yevroga baholanmoqda.

Kiritildi: 13:12, 05.02.2026.
O'qildi: 2375 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик