Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/02 00:45 Bolonya 0-3 Milan
05/02 13:00 Iroq - Eron
05/02 17:00 Indoneziya - Yaponiya

«Al-Hilol» Vinisius bo‘yicha muzokaralarni inkor etdi, biroq...

«Al-Hilol» Vinisius bo‘yicha muzokaralarni inkor etdi, biroq...

Baho:
+ | -

Madridning «Real» klubi yulduzi Vinisius Juniorning Saudiya Arabistoniga transferi haqidagi xabarlar yana kun tartibiga chiqdi. «Al-Hilol» bosh direktori Esteve Kalsada ayni damdagi vaziyat bo‘yicha rasmiy munosabat bildirdi.

Kalsadaning ta’kidlashicha, ayni damda braziliyalik vinger bilan hech qanday rasmiy muzokaralar olib borilmayapti. Biroq bu Vinisius Saudiyaning rejalarida yo‘q degani emas.

«Vinisiusning transferi borasida hozircha muzokara o‘tkazmayapmiz. Ammo Saudiya Arabistoni chempionati bosh direktori har doim bir gapni takrorlaydi: agar imkoniyat tug‘ilsa, Vinisiusni Saudiyaga olib kelish uchun barcha imkoniyatlar ishga solinadi», — deydi «Al-Hilol» mutasaddisi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 25 yoshli futbolchi arab klublarining kelayotgan yozgi transfer oynasi uchun asosiy maqsadi ekanligi haqida xabarlar tarqalgan edi. Vinisius uchun taklif qilinadigan summa futbol tarixidagi rekordlarni yangilab yuborishi mumkin.

Kiritildi: 16:07, 05.02.2026.
O'qildi: 396 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.