Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/04 00:00 Vilyarreal 2-1 Selta
27/04 19:00 Mash’al 0-1 Buxoro
27/04 19:00 OKMK 2-1 Lokomotiv
27/04 21:30 Kalyari 3-2 Atalanta
27/04 23:45 Lasio 3-3 Udineze
28/04 00:00 Man. Yunayted 2-1 Brentford
28/04 00:00 Espanyol 0-0 Levante
28/04 19:00 Andijon - Dinamo
28/04 19:00 So‘g‘diyona - Surxon
28/04 20:00 Paxtakor - Nasaf
29/04 19:00 Qizilqum - Xorazm
29/04 19:00 Neftchi - Qo‘qon-1912
29/04 20:00 Bunyodkor - Navbahor

«Krishtianu — bu Krishtianu»: Azar nima uchun Ronaldu kabi yashashni istamaganini tushuntirdi

«Krishtianu — bu Krishtianu»: Azar nima uchun Ronaldu kabi yashashni istamaganini tushuntirdi

Baho:
+ | -

Belgiya terma jamoasi sobiq futbolchisi Eden Azar murabbiy Maurisio Sarri haqidagi xotiralari bilan o‘rtoqlashdi. Ular 2018/19 yilgi mavsumda «Chelsi»da birga faoliyat yuritishgan.

Azarning ta’kidlashicha, Sarri unga Krishtianu Ronaldudan o‘rnak olishni va xuddi u kabi hayot tarzini yuritishni maslahat bergan.

«Men buni istamaganman. Hech qachon haddimdan oshmaganman, lekin maydonda ham, uning tashqarisida ham doim Azar bo‘lib qolishni xohlaganman. Do‘stlarim meni kechki ovqatga taklif qilishsa — rozi bo‘lardim. Agar bir qadah vino ichkim kelsa — o‘zimni tiymasdim. Krishtianu bu — Krishtianu, men esa — menman», — deya Azarning so‘zlarini keltiradi Gazzetta dello Sport.

«Sarri bilan o‘rtamizda o‘ziga xos munosabatlar shakllangan. O‘ylaymanki, uning futbol haqidagi g‘oyalari menikiga juda yaqin. Vaqti-vaqti bilan uning mashg‘ulotlari zerikarli ekanini aytardim, lekin bu tanqid emasdi. Bundan tashqari, natijalar uning haq ekanligini isbotlardi».

Sarri qo‘l ostida London klubi Yevropa Ligasi g‘olibiga aylangan edi.

Kiritildi: 18:45, 05.02.2026.
O'qildi: 3989 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик