Kirish Ro'yxatdan o'tish

Immobile Italiyani tark etib, Fransiya klubiga o‘tgani haqida gapirdi

Immobile Italiyani tark etib, Fransiya klubiga o‘tgani haqida gapirdi

Baho:
+ | -

Italiyalik hujumchi Chiro Immobile o‘z vatanini tark etdi, biroq u qadar uzoqqa ketmadi — u qo‘shni Fransiyada to‘p suradigan bo‘ldi. Bergan intervyusida u nima uchun aynan shunday tanlov qilganini tushuntirib, Fransiyada o‘ynashni juda ham istaganini ta’kidladi.

«Hozirda Parijdan uy qidiryapman, bu yerda oilam bilan yashamoqchiman. Buni hammamiz xohlaymiz, chunki bu shaharni dunyodagi eng yaxshi joylardan biri deb hisoblaymiz», — deya italiyalik bombardirning so‘zlarini keltiradi derbyderbyderby.it.

Eslatib o‘tamiz, Chironing yangi klubi — «Parij» hozirda Fransiya yuqori divizionida jon saqlab qolish uchun kurash olib bormoqda. Immobile ilgari Italiyada «Bolonya» va ayniqsa, Rimning «Lasio» klublaridagi sermahsul o‘yinlari bilan tanilgan edi.

Kiritildi: 05:05, 06.02.2026.
O'qildi: 637 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик