Kirish Ro'yxatdan o'tish

Faqatgina «Real» Ronalduni tabriklamadi

Faqatgina «Real» Ronalduni tabriklamadi

Baho:
+3 | -

Payshanba kuni Krishtianu Ronaldu o‘zining 41 yoshini nishonladi. Portugaliyalik yulduz uch yildan beri sharafini himoya qilayotgan «An-Nasr» klubi uni faqat kechqurun tabrikladi. Uning sobiq klublari — «Manchester Yunayted», «Sporting» va «Yuventus» esa tabrik xabarlarini ertalab yoki kunduzi e’lon qilishdi. Faqatgina bir klub Krishtianuni ommaviy ravishda tabriklamaslikka qaror qildi.

Siz allaqachon anglaganingizdek, bu klub — «Real Madrid». Madrid klubining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida Ronalduga atalgan tabriklar paydo bo‘lmadi.

Ta’kidlash joizki, «Real» sahifalaridagi boshqa postlar ostida muxlislar kun davomida Ronaldu tabriklanmagani uchun o‘z noroziliklarini va g‘azablarini izhor qilishdi.

Krishtianu Ronaldu 2009–2018 yillarda «Real»da to‘p surgan. Ushbu davrda portugaliyalik 438 ta o‘yinda maydonga tushib, 450 ta gol va 131 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Kiritildi: 05:27, 06.02.2026.
O'qildi: 1756 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик