Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Barselona" Reshfordga tayyorlagan shartnoma shartlari ma’lum bo‘ldi

"Barselona" Reshfordga tayyorlagan shartnoma shartlari ma’lum bo‘ldi

Baho:
+ | -

Kataloniyaning "Barselona" klubi ingliz hujumchisi Markus Reshfordni jamoada olib qolishga qaror qildi. "Diario Sport" ma’lumotlariga ko‘ra, "ko‘k-anorranglilar" rahbariyati futbolchini 30 million yevro evaziga sotib olish huquqini faollashtiradi.

Ispaniya chempionati peshqadami Markusga uch yillik mehnat shartnomasini taklif qiladi. Eslatib o‘tamiz, ayni damda Reshford kataloniyaliklar safida ijara asosida to‘p surmoqda. Uning to‘liq shartnomasi "Manchester Yunayted" klubiga tegishli.

Ispaniya La Ligasining joriy mavsumida 28 yoshli ingliz futbolchisi 20 ta uchrashuv o‘tkazib, 4 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 16:08, 06.02.2026.
O'qildi: 3454 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик