"Nyukasl" bosh murabbiyi Eddi Xau jamoaning so‘nggi muvaffaqiyatsiz natijalari haqida fikr bildirdi:
"Mag‘lubiyat — bu juda og‘ir tuyg‘u. Buni qabul qilish, qayta mushohada qilish va undan saboq chiqarish kerak. Biz buni iloji boricha qisqa muddatda amalga oshirishga harakat qilyapmiz", — deya Xauning so‘zlarini keltirmoqda "qarg‘alar" matbuot xizmati.
Mutaxassisning fikricha, hozirgi vaziyatda eng muhimi — futbolchilarning keyingi o‘yinga ijobiy kayfiyatda yetib kelishidir, garchi buni amalga oshirish oson bo‘lmasa-da.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq "Nyukasl" "Manchester Siti"ga mag‘lub bo‘lib, Angliya liga kubogi finaliga chiqa olmagan edi. "Qarg‘alar" barcha turnirlarda ketma-ket to‘rtta o‘yindan beri g‘alaba qozona olmayaptilar, shundan uchtasida mag‘lubiyatga uchrashgan.
7 fevral kuni Xau shogirdlari "Brentford"ni qabul qiladi. Angliya chempionatining 25-turidan o‘rin olgan ushbu bahs Toshkent vaqti bilan 22:30 da boshlanadi.













