Kirish Ro'yxatdan o'tish

Goreska nima uchun "Arsenal" taklifini rad etgani ma’lum bo‘ldi

Goreska nima uchun "Arsenal" taklifini rad etgani ma’lum bo‘ldi

Baho:
+ | -

Qishki transfer oynasi yopilishi arafasida "Arsenal" haqiqatan ham "Bavariya" yarim himoyachisi Leon Goreskaning transferi bo‘yicha taklif bilan chiqqan edi. Ammo futbolchi qishda jamoasini o‘zgartirmaslikka qaror qilgandi.

"Goreska so‘nggi soniyalarda bergan va’dasini buzishga tayyor emasdi — hatto "Arsenal" uchun bo‘lsa ham", — deb yozdi taniqli jurnalist Kristian Falk.

Avvalroq, Leon Goreska mavsum yakunida "Bavariya"dan ketishi e’lon qilingan edi. Yozda nemis futbolchisini erkin agent sifatida o‘z safiga qo‘shib olish mumkin bo‘ladi.

"Transfermarkt" portali mutaxassislari 31 yoshli Goreskaning bozor qiymatini 15 million yevroga baholamoqda.

Kiritildi: 17:46, 06.02.2026.
O'qildi: 882 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик