Kirish Ro'yxatdan o'tish

Rodrigo "Real"ni tark etish imkoniyatini jiddiy ko‘rib chiqmoqda

Rodrigo "Real"ni tark etish imkoniyatini jiddiy ko‘rib chiqmoqda

Baho:
+1 | -

"Real"ning braziliyalik vingeri Rodrigo Ispaniya grandini tark etish niyatida. Bu haqda "The Touchline" nashri xabar bermoqda.

Mish-mishlarga ko‘ra, Rodrigo "Real"dagi hozirgi holatidan juda norozi. Braziliyalik futbolchining hisoblashicha, uning salohiyati hozirda "Lion"da porlayotgan Endriknikidan ham yuqori. Futbolchining yaqinlari u "qaymoqranglilar" safini tark etish imkoniyatini jiddiy ravishda ko‘rib chiqayotganini ma’lum qilishgan.

Rodrigo 2019 yildan beri "Real" sharafini himoya qilib kelmoqda. Joriy mavsumda 25 yoshli hujumchi barcha turnirlarda 26 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol va 3 ta golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.

"Transfermarkt" portali ma’lumotlariga ko‘ra, Rodrigoning bozor qiymati 60 million yevroni tashkil etadi.

Kiritildi: 18:03, 06.02.2026.
O'qildi: 2549 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик