Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/02 01:00 PSJ 2-2 Monako
26/02 01:00 Real Madrid 2-1 Benfika
26/02 01:00 Yuventus 3-2 Galatasaroy
28/02 00:45 Parma - Kalyari
28/02 01:00 Levante - Alaves
28/02 01:00 Vulverhempton - Aston Villa
28/02 17:30 Bornmut - Sanderlend
28/02 18:00 Rayo Valyekano - Atletik Bilbao
28/02 19:00 Komo - Lechche
28/02 20:00 Brayton - Nottingem Forest
28/02 20:00 Byornli - Brentford
28/02 20:00 Liverpul - Vest Xem
28/02 20:00 Nyukasl - Everton
28/02 20:15 Barselona - Vilyarreal
28/02 22:00 Verona - Napoli
28/02 22:30 Malyorka - Real Sosyedad
28/02 22:30 Lids - Manchester Siti

“Andijon” katta jamoaga aylanib bo‘lgan, bu yerga sovrinlarni yutishga keldim” - Mahmud Mahamadjonov bilan intervyu

“Andijon” katta jamoaga aylanib bo‘lgan, bu yerga sovrinlarni yutishga keldim” - Mahmud Mahamadjonov bilan intervyu

Baho:
+ | -

Xabaringiz bor, kuni kecha “Andijon” jamoasiga iqtidorli futbolchi Mahmud Mahamadjonov qo‘shildi va rasman “Burgutlar”ning a’zosiga aylandi.

Antaliyadagi yig‘indagi mashg‘ulotlarga kirishgan Mahamadjonov klub matbuot xizmatining savollariga javob qaytardi.

- Mahmudjon siz endi “Burgutlar” oilasining a’zosisiz. Buni his qilganingizda nimalarni o‘ylayapsiz?

  • Albatta, bu men uchun katta mas’uliyat va katta maqsadlarim tomon olib boradigan imkoniyat, deb umid qilaman. Endi bu yog‘iga doim o‘sishda davom etishga harakat qilaman.

- “Andijon” taklifini qabul qilishingizda nima jiddiy sabab bo‘ldi?

  • Bunga asosiy sabab jamoa oldiga faqat katta maqsadlar qo‘yilayotgani va shu yo‘lda katta ishlar qilinayotganidir. Bundan tashqari, jamoa bosh murabbiyining o‘zi meni jamoada ko‘rishini xohlayotgani “Andijon”ni tanlashimga sabab bo‘ldi, deb o‘ylayman.

- Yangi jamoangizda birinchi o‘rtoqlik o‘yiningizda ham maydonga tushdingiz. Ilk taassurotlar qanday?

  • Albatta, birinchi o‘yin doim qiyin kechadi. Lekin, o‘ylashimcha, hammasi yaxshi bo‘ldi. Kuchli jamoaga qarshi o‘ynadik va natija ham qoniqarli bo‘ldi, deb o‘ylayman.

- Bu yerga qanday maqsadlarni ko‘zlab keldingiz?

  • Avvalo, bu yerga “Andijon” bilan Kubok va sovrinlarni yutishga keldim va yana eng katta maqsadlarimdan biri, shu yerda o‘ynab milliy terma jamoaning doimiy a’zosiga aylanib, legioner bo‘lish va albatta muxlislar qalbidan yaxshi taassurot qoldirish.

- “Andijon”ga o‘tishingiz haqida birinchi bo‘lib kimga aytdingiz?

  • Menimcha, hamma eng yaqinlariga aytadi. Men ham shunday qildim: otam va boshqa oila-a’zolarim birinchi bo‘lib xabar topishdi.

- Bu klubdan ilk taklifni eshitganingizda reaksiyangiz qanday bo‘ldi?

  • Albatta, xursand bo‘ldim. “Andijon” katta jamoaga aylanib bo‘lgan.

- Futboldan zavqlanish uchun "Andijon" sizga ideal klubmi?

  • Ha, albatta. Menimcha, futboldan zavq olib o‘ynash uchun “Andijon” eng zo‘rlaridan. Bunda esa “Ultras Burgut” muxlislarining o‘rni juda beqiyos.

Manba: "Андижон" матбуот хизмати
Kiritildi: 20:35, 06.02.2026.
O'qildi: 1204 marta.
Fikrlar: 10 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.