Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/04 19:00 Qizilqum 0-0 Xorazm
29/04 19:00 Neftchi 4-0 Qo‘qon-1912
29/04 20:00 Bunyodkor 2-1 Navbahor
29/04 23:59 Atletiko 1-1 Arsenal
01/05 23:45 Piza - Lechche
02/05 00:00 Lids - Byornli
02/05 00:00 Jirona - Malyorka

Futzal bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi murabbiylar shtabi to‘liq tarkibi bilan iste’foga chiqarildi

Futzal bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi murabbiylar shtabi to‘liq tarkibi bilan iste’foga chiqarildi

Baho:
+ | -

Bugun O‘zbekiston futzal federasiyasi Ijroiya qo‘mitasining navbatdan tashqari yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston milliy futzal terma jamoasining Osiyo kubogi–2026 musobaqasidagi ishtiroki tanqidiy ruhda muhokama qilindi.

Yig‘ilishda O‘zbekiston futzal federasiyasi prezidenti Bekzod Mamatqulov terma jamoaning qit’a birinchiligidagi ishtirokini baholar ekan, musobaqaga puxta tayyorgarlik ko‘rish uchun barcha zarur shart-sharoitlar yaratilganini ta’kidladi. Xususan, murabbiylar shtabi ish rejasi asosida muntazam o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlari tashkil etilgani, jamoaga jahonning kuchli TOP terma jamoalari sparring raqib sifatida jalb etilgani qayd etildi.

Shu bilan birga, Indoneziyada bo‘lib o‘tgan musobaqa davomida jamoa a’zolari o‘z imkoniyatlari darajasidan past ishtirok etgani, futzalchilarda kurashga chanqoqlik va g‘alabaga bo‘lgan ishtiyoq kabi muhim jihatlar yetarlicha namoyon bo‘lmagani tanqid qilindi. Natijada terma jamoa guruh bosqichidan qiyinchilik bilan pley-offga chiqqan bo‘lsa-da, chorak finalda oldiga qo‘yilgan vazifani bajara olmadi.

Milliy terma jamoa bosh murabbiyi Nodir Eliboyevning boshqa ishga o‘tganligi munosabati bilan iste’fo to‘g‘risidagi arizasi inobatga olindi. Shuningdek, O‘zbekiston milliy futzal terma jamoasi murabbiylar shtabi to‘liq tarkibi bilan iste’foga chiqarilishi haqida qaror qabul qilindi.

O‘zbekiston futzal federasiyasi Ijroiya qo‘mitasi milliy terma jamoa murabbiylar shtabiga o‘tgan davr mobaynidagi faoliyati uchun minnatdorlik bildirib, kelgusidagi faoliyatida ularga omad tiladi.

O‘zbekiston milliy futzal terma jamoasining yangi murabbiylar shtabi yaqin kunlarda keng jamoatchilik va muxlislar e’tiboriga havola etiladi.

Kiritildi: 20:40, 06.02.2026.
O'qildi: 2018 marta.
Fikrlar: 16 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик