Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Milan" ko‘rigidan o‘ta olmagan Mateta operasiya qilinadi

"Milan" ko‘rigidan o‘ta olmagan Mateta operasiya qilinadi

Baho:
+ | -

"Kristal Pelas" hujumchisi Jan-Filipp Mateta mavsum yakuniga qadar safdan chiqishi mumkin.

Jurnalist Sasha Tavolyerining yozishicha, fransiyalik futbolchi "Milan"da tibbiy ko‘rikdan o‘ta olmaganidan so‘ng operasiya qilinadi va keyingi uch-to‘rt oyni o‘tkazib yuboradi.

Manbaning ta’kidlashicha, Matetada noyabr oyidan beri tizza bo‘g‘imi bilan bog‘liq muammolar mavjud bo‘lgan. "Milan" shifokorlari uning holatini baholab, shartnoma imzolamaslikka qaror qilishgan.

Hozirgi vaqtda Mateta Angliya Premyer-ligasining joriy mavsumida 23 ta o‘yinda maydonga tushib, sakkizta gol urishga muvaffaq bo‘lgan edi.

Kiritildi: 21:53, 06.02.2026.
O'qildi: 651 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик