Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/06 01:00 Niderlandiya 2-2 Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar 1-0 Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya 5-1 Tunis
15/06 21:00 Ispaniya 0-0 Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya 1-1 Misr
16/06 03:00 Saudiya Arabistoni 1-1 Urugvay
16/06 06:00 Eron 2-2 Yangi Zelandiya
16/06 23:59 Fransiya - Senegal
17/06 03:00 Iroq - Norvegiya
17/06 06:00 Argentina - Jazoir
17/06 09:00 Avstriya - Iordaniya
17/06 22:00 Portugaliya - Kongo DR

Pep Gvardiola: "APLda g‘olib chiqish yildan-yilga qiyinlashib bormoqda"

Pep Gvardiola: "APLda g‘olib chiqish yildan-yilga qiyinlashib bormoqda"

Baho:
+ | -

"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiolaning fikricha, yil sayin Angliya chempionatida g‘olib chiqish qiyinlashib bormoqda.

"Har mavsumda Premyer-ligada zafar quchish murakkablashmoqda. Ammo, menimcha, bu nafaqat bizga, balki qolgan barcha jamoalarga ham tegishli.

Bu mavsumda kuchliroq bo‘ldikmi? Agar yuqori daraja haqida gapiradigan bo‘lsak, hozircha yo‘q. Biz ayrim jihatlarda o‘sishga erishyapmiz. Biroq bizga barqarorlik kerak — shundagina kerakli natijaga erishamiz. Oldinda 14 ta o‘yin bor — APL uchun bu juda uzoq muddat. Tajribamdan kelib chiqib aytamanki, bu yerda har qanday voqea sodir bo‘lishi mumkin", — dedi Gvardiola matbuot anjumanida.

"Manchester Siti" Angliya chempionati doirasida "Liverpul"ga qarshi kechadigan safar o‘yiniga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Jamoalar 8 fevral kuni to‘qnash kelishadi. Ayni damda Gvardiola jamoasi peshqadam "Arsenal"dan olti ochko orqada qolmoqda.

Kiritildi: 21:56, 06.02.2026.
O'qildi: 623 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик