Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/07 20:00 Qizilqum 1-2 Dinamo
18/07 20:00 Andijon 1-2 Surxon
19/07 02:00 Fransiya 4-6 Angliya
19/07 23:59 Ispaniya - Argentina

Hududlarda futbolni tizimli rivojlantirish bo‘yicha ishlar muhokama qilindi

Hududlarda futbolni tizimli rivojlantirish bo‘yicha ishlar muhokama qilindi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

O‘FA rahbariyati, viloyat futbol assosiasiyalari vise-prezidentlari, futbol akademiyalari texnik direktorlari hamda soha uchun mas’ul mutasaddilar ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda hududlarda futbolni tizimli rivojlantirish bo‘yicha ishlar muhokama qilinib, bir qator yo‘nalishlar bo‘yicha kelgusi vazifalar belgilab olindi.

Xususan, uchrashuvda bolalar va o‘smirlar futbolini yanada ommaviylashtirish, ayollar futbolini yangi bosqichga olib chiqish, hududlarda murabbiylik ta’limi sifatini oshirish, zamonaviy ta’limga ega malakali mutaxassislarni tayyorlash bo‘yicha amalga oshirlayotgan ishlar tahlil qilindi.

Terma jamoalar uchun iqtidorli futbolchilarni saralash, akademiyalar faoliyati samaradorligini oshirish hamda seleksiya jarayonlarini kuchaytirish masalalari kun tartibidan o‘rin oldi. Shu bilan birga, raqamlashtirish va yosh hakamlarni tayyorlash bo‘yicha fikr almashildi.

Muhokamalar yakunida barcha yo‘nalishlar bo‘yicha oldinda turgan ustuvor vazifalar belgilab olindi.

Manba: https://t.me/FAUzbekistan
Kiritildi: 23:55, 06.02.2026.
O'qildi: 747 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик