Kirish Ro'yxatdan o'tish

APLning joriy mavsumdagi eng yaxshi yarim himoyachilari reytingi tuzildi

APLning joriy mavsumdagi eng yaxshi yarim himoyachilari reytingi tuzildi

Baho:
+ | -

Mashhur «WhoScored» statistik portali Angliya Premyer-ligasining joriy mavsumidagi ayni damgacha bo‘lgan eng yaxshi yarim himoyachilar reytingini e’lon qildi. Ro‘yxatni «Manchester Yunayted» sardori Brunu Fernandesh boshqarib bormoqda, u shuningdek, golli uzatmalar soni (12 ta) bo‘yicha ham ishonchli tarzda peshqadamlik qilmoqda.

Yarim himoyachilar orasida o‘rtacha baho bo‘yicha ikkinchi o‘rinni «Arsenal» a’zosi Deklan Rays egallab turgan bo‘lsa, kuchli uchlikni «Nyukasl» yulduzi Bruno Gimaraes yakunlab bergan. To‘rtinchi va beshinchi pog‘onalardan mos ravishda «Everton» vakili Jeyms Garner hamda «Lids»dan Anton Stax joy oldi.

24-turdan so‘ng «Arsenal» APL turnir jadvalida birinchi o‘rinda bormoqda. Brunu Fernandesh boshchiligidagi «Manchester Yunayted» esa to‘rtinchi pog‘onani egallab turibdi.

Kiritildi: 01:43, 07.02.2026.
O'qildi: 950 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик