Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/05 23:45 Fiorentina - Atalanta
23/05 21:00 Bolonya - Inter
23/05 23:45 Lasio - Piza
24/05 00:00 Betis - Levante
24/05 00:00 Jirona - Elche
24/05 00:00 Xetafe - Osasuna
24/05 00:00 Malyorka - Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid - Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya - Barselona
24/05 00:00 Alaves - Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta - Sevilya
24/05 00:00 Espanyol - Real Sosyedad

Kerrik nega Brunu Fernandeshni avvalgi pozisiyasiga qaytarganini aytdi

Kerrik nega Brunu Fernandeshni avvalgi pozisiyasiga qaytarganini aytdi

Baho:
+ | -

"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Maykl Kerrik jamoa sardori Brunu Fernandeshning roli haqida gapirdi.

Yangi murabbiy portugaliyalikni o‘zi uchun odatiy bo‘lgan hujumkor yarim himoyachi pozisiyasiga qaytardi. Ruben Amorim davrida kapitan ko‘pincha tayanch zonasiga yaqinroq, ichkariroqda harakat qilardi.

"Brunu vaziyatlar yaratishni biladi. Menimcha, u ko‘proq erkinlikka ega bo‘lganida o‘zini juda yaxshi ko‘rsatadi. Uning aqli tug‘ma rivojlangan, lekin men unga hech qanday yorliq yopishtirmoqchi emasman. Ba’zi rollar ko‘proq erkinlikni ta’minlaydi va Fernandesh, uning mahoratini hisobga olgan holda, ijodkor futbolchilar toifasiga kiradi, shuning uchun mening vazifam unga kerakli hududlarda ijod qilishiga imkon berishdir", - deya Kerrikning so‘zlarini keltiradi UtdDistrict.

Brunu Fernandesh golli uzatmalar soni bo‘yicha Premyer-ligada yaqqol peshqadamlik qilmoqda.

Kiritildi: 07:11, 07.02.2026.
O'qildi: 919 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик