Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/05 21:00 PSJ 1-1 Arsenal

"Manchester Yunayted" Gordonga qiziqmoqda

"Manchester Yunayted" Gordonga qiziqmoqda

Baho:
+ | -

"Manchester Yunayted" "Nyukasl"ning 24 yoshli qanot hujumchisi Entoni Gordonni sotib olish variantini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda X ijtimoiy tarmog‘idagi The United Stand akkaunti uchun jurnalist Ben Jeykobs xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, Gordon markaziy hujumchi sifatida ko‘proq o‘yin amaliyotiga ega bo‘lishni istaydi.

Shuningdek, "qizil iblislar"ga "buqalar" tomonidan 100 mln yevroga baholanayotgan "Leypsig" vingeri Yan Diomande ham qiziq.

Gordon joriy mavsum barcha musobaqalarda 33 ta o‘yinda maydonga tushdi va 10 ta gol hamda 4 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Transfermarkt portalida keltirilgan ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchining bozor narxi 60 mln yevroni tashkil etadi.

Kiritildi: 08:51, 07.02.2026.
O'qildi: 992 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик