Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/03 01:00 Arsenal 2-0 Bayer
18/03 01:00 Chelsi 0-3 PSJ
18/03 01:00 Manchester Siti 1-2 Real Madrid
18/03 19:15 Qo‘qon-1912 2-1 Navbahor
18/03 19:15 Xorazm 1-2 Bunyodkor
18/03 20:00 Qizilqum 0-1 OKMK
18/03 22:45 Barselona 7-2 Nyukasl
19/03 01:00 Bavariya 4-1 Atalanta
19/03 01:00 Liverpul 4-0 Galatasaroy
19/03 01:00 Tottenhem 3-2 Atletiko
19/03 16:00 Andijon 2-0 Mash’al
19/03 18:15 Buxoro - Dinamo
20/03 16:00 Neftchi - Lokomotiv
20/03 17:00 Nasaf - Surxon
20/03 18:15 So‘g‘diyona - Paxtakor
20/03 22:30 Kalyari - Napoli

Otabek Umarov nomidan soxta akkauntlar ochilib, feyk xabarlar tarqatilayotgani ma’lum qilindi

Otabek Umarov nomidan soxta akkauntlar ochilib, feyk xabarlar tarqatilayotgani ma’lum qilindi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

Ijtimoiy tarmoqlarda Milliy Olimpiya qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Otabek Umarov nomidan taniqli sportchilar va sport hamjamiyati vakillariga xabarlar yuborilayotgani aniqlandi. Bu haqda idora axborot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, mazkur xabarlar feyk akkauntlar orqali tarqatilib, firibgarlikka urinish sifatida baholanmoqda. Ayrim holatlarda sportchilar va mutasaddilardan turli ma’lumotlar so‘ralgan, shaxsiy yozishmalar orqali ishonch qozonishga harakat qilingan.

Ma’lum qilinishicha, o‘zbek sportiga oid barcha rasmiy xabar va bayonotlar faqat Milliy Olimpiya qo‘mitasining tasdiqlangan axborot resurslari, shuningdek, tegishli federasiya va assosiasiyalar orqali e’lon qilinadi. Rasmiy manbalardan tashqari tarqatilayotgan ma’lumotlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi.

Shu munosabat bilan fuqarolardan bunday xabarlarga ishonmaslik, ularga javob bermaslik hamda shaxsiy ma’lumotlarni taqdim etmaslik so‘raldi. Shuningdek, shubhali akkauntlarni zudlik bilan bloklash va ularga nisbatan ijtimoiy tarmoq ma’muriyatiga shikoyat yuborish tavsiya etildi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 09:18, 07.02.2026.
O'qildi: 3053 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.