Kirish Ro'yxatdan o'tish

Alvaresga yanvardayoq bir nechta top-klublar so‘rov yuborgan

Alvaresga yanvardayoq bir nechta top-klublar so‘rov yuborgan

Baho:
+ | -

Madridning «Atletiko» klubi hujumchisi Xulian Alvares yozgi transfer oynasida klubini o‘zgartirish ehtimoli katta.

Jurnalist Mateo Morettoning xabar berishicha, kelayotgan yozda argentinalik hujumchi uchun ayovsiz kurash boshlanadi. Forvard uchun «Barselona», PSJ va Angliya Premyer-ligasining ikkita top-klubi raqobatlashadi. Yuqorida tilga olingan barcha klublar yanvar oyidayoq Alvares bo‘yicha so‘rov yuborishgan.

Joriy mavsumda 26 yoshli Alvares barcha turnirlarda 31 ta o‘yinda maydonga tushib, 11 ta gol urdi va beshta golli uzatmani amalga oshirdi.

«Transfermarkt» ma’lumotlariga ko‘ra, hujumchining narxi 100 million yevroni tashkil qiladi.

Kiritildi: 14:22, 07.02.2026.
O'qildi: 780 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик