Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Tottenxem» Gallaxerning transferidan pushaymon bo‘lmoqda

«Tottenxem» Gallaxerning transferidan pushaymon bo‘lmoqda

Baho:
+ | -

Londonning «Tottenxem» klubi Madridning «Atletiko» jamoasidan yarim himoyachi Konor Gallaxerni sotib olish uchun katta mablag‘ sarflaganidan afsuslanmoqda. Bu haqda «Topskills Sports UK» xabar bermoqda.

Manba bergan ma’lumotlarga ko‘ra, Gallaxer «Atletiko»da shunchaki zaxirada qolib ketmagan — uning o‘yin darajasi klubni qoniqtirmagan. Aynan shu sababli «matraschilar» bir necha oy davomida yarim himoyachini Premyer-liga klublaridan biriga sotishga faol harakat qilishgan.

26 yoshli Gallaxer yanvar oyi o‘rtalarida «Tottenxem»ga o‘tgan va klub bilan 2031 yilgacha shartnoma imzolagan edi. «Shporlar» tarkibida yarim himoyachi hozirgacha uchta o‘yinda ishtirok etdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 14:38, 07.02.2026.
O'qildi: 751 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик