Kirish Ro'yxatdan o'tish

APL. "Bornmut" va "Aston Villa" murosa ko‘chasini tanladi

APL. "Bornmut" va "Aston Villa" murosa ko‘chasini tanladi

Baho:
+ | -

Angliya Premyer-ligasining 2025/2026 yilgi mavsumi 25-turi doirasidagi "Bornmut" va "Aston Villa" jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv yakunlandi. Hakamning final hushtagidan so‘ng 1:1 hisobi qayd etildi.

Morgan Rodjers 22-daqiqada mehmonlarni oldinga olib chiqqan bo‘lsa, 55-daqiqada Rayan hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo‘ldi.

Ushbu o‘yindan so‘ng "Bornmut" 34 ochko bilan APL turnir jadvalida 11-o‘rinda bormoqda. "Aston Villa" esa 47 ochko bilan uchinchi pog‘onada joylashgan.

Navbatdagi turda "gilos"lar 10 fevral kuni safarda "Everton" bilan to‘qnashadi, "sherlar" esa 11 fevral kuni o‘z maydonlarida "Brayton"ni qabul qiladi.

Kiritildi: 22:22, 07.02.2026.
O'qildi: 592 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик