Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/04 00:00 Atletik Bilbao 1-2 Vilyarreal
13/04 18:00 Nasaf 1-1 Buxoro
13/04 19:00 Paxtakor 2-1 Mash’al
13/04 20:15 Qizilqum 1-3 So‘g‘diyona
13/04 23:45 Fiorentina 1-0 Lasio
14/04 00:00 Man. Yunayted 1-2 Lids
14/04 00:00 Levante 1-0 Xetafe
14/04 18:00 Xorazm - Qo‘qon-1912
14/04 20:15 Bunyodkor - Neftchi

"PSJ" Enrike bilan muzokaralarni boshladi

"PSJ" Enrike bilan muzokaralarni boshladi

Baho:
+ | -

"PSJ" klubi bosh murabbiy Luis Enrike bilan shartnomani uzaytirish bo‘yicha muzokaralarni boshladi. Klub bu kelishuv muvaffaqiyatli yakunlanishiga ishonmoqda, biroq ispaniyalik mutaxassisga boshqa jamoalardan ham qiziqish katta, deb xabar bermoqda L’Équipe.

Parij klubi ispaniyalik murabbiy bilan 2030 yilgacha mo‘ljallangan yangi shartnoma imzolashni niyat qilgan. Rahbariyat shaxsiy suhbatlarda dastlabki muzokaralar juda xotirjam muhitda o‘tayotganini va hammasi belgilangan muddatda yakunlanishini tushuntirmoqda. "PSJ" mutasaddilari murabbiy mavsum tugagunga qadar yangi shartnomaga qo‘l qo‘yishidan umidvor.

Enrike Parij klubini 2023 yilning yozida qabul qilib olgan edi. Uning boshqaruvi ostida "PSJ" ikki marta Fransiya chempioni bo‘ldi, ikki martadan Fransiya Kubogi va mamlakat Superkubogini qo‘lga kiritdi. Shuningdek, u 2024/2025 yilgi mavsumda Chempionlar Ligasi hamda Qit’alararo kubokda g‘oliblikka erishdi.

Kiritildi: 23:02, 07.02.2026.
O'qildi: 809 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик